BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) Yevropa Ittifoqi va Fransiya Taraqqiyot Agentligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston hukumatiga yashil obligatsiyalar ta’sirini monitoring qilishda ko‘maklashadi

2-August, 2024
a group of people sitting at a table
Foto: O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2024-yilning 30-31-iyul kunlari BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamkorligida milliy hamkorlarning yashil obligatsiyalar mablag‘larini taqsimlash, ta’sirini monitoring qilish, shuningdek, hisobot berish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan ikki kunlik seminar o‘tkazildi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, xususan, G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi va uning hududiy bo‘limlari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, “O‘zsuvtaminot” aksiyadorlik jamiyati va boshqa tegishli tashkilotlardan 50 dan ortiq vakillar ishtirok etishdi. 

a man wearing a suit and tie sitting in front of a laptop
Foto: O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2023-yil oktyabr oyida O‘zbekiston Londondagi fond birjasida 4,25 trillion so‘mlik birinchi yashil suveren yevroobligatsiyalarini chiqardi va shu bilan "yashil" taraqqiyot va iqtisodiyotga o‘tish yo‘lida qat’iy sodiqligini namoyish etdi. Yashil obligatsiyalar chiqarilishi AQSh, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi, Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika kabi hududlardan 30 dan ortiq xalqaro investorlarning qiziqishini jalb qildi. Investorlar O‘zbekistonning yashil iqtisodiyotga o‘tish, energetika sektorini liberallashtirish, davlat korxonalarini xususiylashtirish va Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish orqali savdoni erkinlashtirish kabi davom etayotgan islohotlarini olqishladilar.

a group of people sitting at a table in a room
Foto: O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Seminarning asosiy maqsadi ishtirokchilarni “yashil” obligatsiyalar tamoyillari, tartibga solish doirasi va organlari, xalqaro standartlar, mablag‘larni taqsimlash jarayonlari, ularni monitoring  qilish va ma’lumotlarni yig‘ish usullari bilan tanishtirishdan iborat bo‘ldi. Seminar jarayonida BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) ning xalqaro va mahalliy ekspertlar jamoasi ushbu mavzularda taqdimotlar o‘tkazdi va guruh muhokamalarini olib bordilar.

Maxsus sessiya 2021-yil iyul oyida O‘zbekiston tomonidan chiqarilgan Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM) obligatsiyalari bo‘yicha ta’sirini monitoring qilish va hisobot berish jarayonida hukumat duch kelgan asosiy muammolar va o‘rganilgan ko‘nikmalarga qaratildi.


Ushbu seminar BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) ning Yevropa Ittifoqi (YI) tomonidan Fransiya Taraqqiyot Agentligi (FTA) orqali moliyalashtiriladigan “O‘zbekistonda yashil rivojlanishni moliyalashtirishni qo‘llab-quvvatlash” yangi qo‘shma tashabbusining doirasida o’tkazildi. Yangi loyiha O‘zbekiston hukumatiga mamlakatning “yashil” ustuvorliklari va maqsadlariga erishish uchun potensial moliyalashtirish manbalarini aniqlash va baholash, integratsiyalashgan yondashuvni yaratishda yordam berishni, yashil byudjetlashtirish metodologiyalarini to‘liq joriy etish orqali byudjet jarayoniga yashil omillarni yanada kengroq tadbiq etishni, shuningdek, davlat moliyasidan samarali foydalanish vayangi innovatsion moliyalashtirish vositalarini sinovdan o‘tkazish hamda joriy etishda ko‘maklashishni maqsad qilgan.