Shveysariya hukumati BMTTDning Oʻzbekistonda yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun raqamli koʻnikmalarni rivojlantirish tashabbusini moliyalashtirmoqda
Oʻzbekiston yoshlari orasida raqamli koʻnikmalarni rivojlantirish uchun Shveysariya hukumati va BMTTD oʻz kuchlarini birlashtirmoqda
27-June, 2023
Shveysariya hukumati, BMTTD va Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha hamkorlik boshlanganini mamnuniyat bilan eʼlon qilmoqda. Loyiha Kengashining bugungi yig'ilishida tasdiqlanganidek, hamkorlik raqamlashtirish orqali yoshlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish va yoʻllarini ochishga qaratilgan.
Uchrashuvni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari janob Ilxom Norqulov, BMTTDning Oʻzbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska xonim, Shveysariya elchixonasining missiya rahbarining oʻrinbosari, hamkorlik masalalari boʻyicha rahbar Rahel Bosh xonim olib bordi. Ishtirokchilar loyihaning muhimligini taʼkidlab, barcha manfaatdor tomonlar hamkorlik va qoʻllab-quvvatlanish uchun oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Matilda Dimovska oʻzining qutlov nutqida “Oʻzbekiston yoshlarining raqamli koʻnikmalarga ega boʻlish nafaqat ularning kelajagiga sarmoya, balki inklyuziv va innovatsion iqtisodiy oʻsishning katalizatori, raqamli asrda cheksiz imkoniyatlarni ochish” ekanligini taʼkidlab oʻtdi.
"Shveysariya raqamli startaplarni rivojlantirish bo'yicha yetakchi mamlakatlardan biri hisoblanadi. Raqamlashtirish nafaqat global tendentsiya, balki ayollarning iqtisodiyotga jalb qilishning asosiy omilidir. Raqamli platformalar ayollar va yoshlar, ayniqsa, O‘zbekiston qishloq hududlarida imkoniyatlarni kengaytirishga yordam beradi.” - dedi Rahel Bosh.
Loyihaning strategik yoʻnalishi va faoliyati 2023-yilga moʻljallangan yillik ish rejasi yigʻilish kun tartibida boʻldi.
Loyiha uchta asosiy yoʻnalishlarga qaratilgan: raqamli tadbirkorlik muhitini yaxshilash va yosh tadbirkorlarning raqamli koʻnikmalarini oshirish, yoshlarga qaratilgan raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlik siyosatini rivojlantirish uchun institutsional salohiyatni kuchaytirish va yoshlarning moliyaviy inklyuziyasini yaxshilash uchun moliyaviy yechimlarni topish va raqamli tadbirkorlik loyihalari va startaplarini rivojlantirish imkoniyatlari. Taxminan 13000 toʻgʻridan-toʻgʻri benefitsiarlari, shu jumladan yosh ayollar va qishloq joylaridan kelgan shaxslar, loyiha raqamli iqtisodiyotda rivojlanish uchun zarur koʻnikmalar, vositalar va qoʻllab-quvvatlash orqali yoshlar salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan.
Ushbu hamkorlikdagi saʼy-harakatlar milliy hamkorlar, jumladan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, IT-Park, Savdo-sanoat palatasi, Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va boshqa rivojlanish hamkorlari bilan birgalikda amalga oshiriladi. Loyiha barcha manfaatdor tomonlarning tajribasi va resurslaridan foydalangan holda raqamli tadbirkorlik uchun qulay muhit yaratishga va Oʻzbekistonda barqaror va inklyuziv iqtisodiy oʻsishga hissa qoʻshishga qaratilgan.
Doimiy hamkorlik va jamoaviy saʼy-harakatlar orqali loyiha yoshlar uchun yorqin kelajakni yaratishga va mamlakatda ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan.