BMT Taraqqiyot dasturining Oʼzbekistondagi vakolatxonasi uchun «Bandlik kelajagi» portfelini ishlab chiqish (1-qism)

Dunyoqarashni oʼzgartirishdan tizimlarni oʼzgartirish tomon

2-August, 2022
Surat: BMTTD O'zbekiston

Mazkur blog BMT Taraqqiyot dasturining Oʼzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan vakolatxona Аkselerator laboratoriyasi hamda BMTTDning Yevropa va MDH boʼyicha Mintaqaviy byurosi Innovatsiyalar guruhi koʼmagida dasturiy portfel ishlab chiqish jarayoni toʼgʼrisidagi turkum maqolalarni boshlab beradi. Jarayon bir necha bosqichni oʼz ichiga oladi. Birinchi blogda biz dastlabki – Muammo tahlili, bosqichi toʼgʼrisida soʼz yuritamiz. BMTTD Istanbul Mintaqaviy byurosi Innovatsiyalar guruhi xodimlari - Elina Yarvela, Yera Chung va Leyla Sadikuga davomiy koʼmak va yo’nalishlari uchun minnatdorlik bildiramiz.

PORTFEL YONDАSHUVI VА OʼZBEKISTONDА BАNDLIK KELАJАGI

Аyni paytda biz BMT Taraqqiyot Dasturi faoliyatining turli geografik va tematik yoʼnalishlarida tizimli fikrlashni sinab ko’rish va uni qabul qilish tomon siljishni kuzatmoqdamiz. Tizimli fikrlashning kelib chiqishi ilmiy muammolarni tushunish va hal qilish jarayonida alohida elementlarga ekotizimning oʼzaro bogʼliq tarkibiy qismlari sifatida qarash urnishlariga borib taqaladi. Taraqqiyot muammolari va ular kontekstining murakkabligi va noaniqligi ortib borayotgan sharoitda tizimli fikrlash taraqqiyot jatayaonlarini qayta koʼrib chiqish uchun ham mos vosita ekanligini ko’rsatmoqda.

Hozirgi vaqtda xalqaro rivojlanish sohasidagi loyihalar asosan alohida va boshqa loyihalarga bog’lanmagan holda amalga oshiriladi, xattoki ular rasman qaysidir bir umumiy dasturning tarkibiy qismi hisoblangan taqdirda ham. Ammo bir necha oʼnlab yillar davomida amalga oshirilgan loyihalardan olingan xulosa quyidagicha bo’lmoqda - «Loyihalar tizimlarni oʼzgartira olmaydi». Hozirda taraqqiyot sohasida faoliyat yuritadigan tashkilotlar duch keladigan koʼplab muammolar ushbu tashkilotlardan ular ichida faoliyat yuritadigan va ular taʼsir oʼtkazishni maqsaq qilib olgan tizimlarni oʼzgartirishni talab qilmoqda. Shu jihatdan aytish mumkinki, endi odatdagidek ishlab boʼlmaydi. Shu bois BMT Taraqqiyot Dasturining Oʼzbekistondagi vakolatxonasi ham portfel yondashuvini oʼrganish va tadbiq qilish maqsadida tashiklotdagi boshqa - Burundidan tortib Serbiyadagi vakolatxonagacha bo’lgan, portfel amaliyoti yetakchilari safiga qoʼshilishqa qaror qildi.

BMT Taraqqiyot Dasturining Oʼzbekistondagi vakolatxonasi uchun istiqbolli va bandlik masalalariga qaratilgan «Bandlik kelajagi» portfelini ishlab chiqish borasidagi tanlovimiz mamlakatda bandlik masalalarining tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotgani, unlarning taraqqiyotga taʼsiri salohiyati ahamda BMTTDning mazkur sohadagi o’ziga hos o’rnidan kelib chiqdib belgilandi. Oʼzbekiston mehnat bozoriga har yili taxminan yarim million yoshlar kirib kelib, yillik oʼsish darajasi deyarli 5 foizni tashkil etadi. Ushbu tendentsiyalar katta ehtimol bilan oʼrta muddatli istiqbolda saqlanib qoladi. Bu esa ekologik muammolar, texnologiyalarning tarqalishi va boshqa ijtimoiy-siyosiy omillar fonida mavjud xavflarni yanada kuchaytirishi mumkin. Yoki, aksincha, ulardan farovon kelajakni taʼminlash yoʼlida mehnat bozorlarini, ijtimoiy barqarorlik va iqtisodiy o’sish strategiyalarini tubdan yangilash uchun ham foydalanishi mumkin.

METODOLOGIYA VA ISHNI TASHKIL QILISH

Portfel ishlab chiqish jarayoni uchun biz BMTTD Istanbul Mintaqaviy Xabi va Chora Jamgʼarmasi tomonidan hamkorlikda yaratilgan Agora tizimli transformatsiya metodologiyasidan foydalandik va uni  kontekstimizdan kelib chiqqan holda jarayonimiz uchun moslashtirdik. Aslida shahar hududlarida pandemiyaga qarshi kurashish va tiklanish dasturlarini muvofiqlashtirish uchun ishlab chiqilgan Agora metodologiyasi bizning ehtiyojlarimizdan kelib chiqib moslashtirildi. Bunda metodologiyaning strategik darjada tahlil va rejalashtirish, shuningdek chiziqli boʼlmagan mantiq tamoillari asos qilib olindi.

Jarayonni yuritish uchun biz Accelerator laboratoriya va BMTTDning Oʼzbekistondagi vakolatxonasining turlii dasturiy boshqarmalari va loyihalari vakillaridan iborat jamoani shakllantirdik.

Muammo tahlili bosqichi portfel ishalb chiqish boʼyicha onlayn kirish mashgʼuloti bilan boshlandi, soʼngra jarayon muvofiqlashtirish uchrashuvlari, nazariy tadqiqotlar (manfaatdor tomonlarni aniqlash, adabiyotlar tahlili, kuzatuv maʼlumotlarini toʼplash), batafsil intervyular, boshqa mamlakatlardagi hamkasblar bilan maslahatlashuvlar va xulosalarni umumlashtirish uchun bir qator seminarlar ko’rinishida davom etdi.

JАRАYON

Muammo tahlili bosqichi davomida biz tizim doirasida muammo oʼzini qanaqa ko’rinishda, qay tarzda va nima uchun namoyon etishini, shuningdek oʼzgarib turuvchi “Bandlik kelajagi” makoniga qanday taʼsir oʼtkazishimiz mumkinligini oʼrgandik.

Muammolar tahlili bosqichining maqsadi muammo haqida quyidagi uch jihatdan kelib chiqib tushuncha hosil qilish bo’ldi:

  • daxldorlik - aniqlangan muammo doirasida oʼzgarishlarning tashabbuskor kuchlari kimlar
  • obyekt - muammo konteksti nimadan iborat
  • maqsad - kontekstga nisbatan portfelning maqsadi nimadan iborat
Surat: BMTTD O'zbekiston

Jamoa ushbu savollarni o’rganish uchun asosan nazariy tadqiqotlar va intervyulardan foydalandi. Maxus seminarlar davomida esa natijalar taqdim etildi va qayta ko’rib chiqildi.

Biz tizimning Oʼzbekistondagi tuzilmasi va dinamikasini tushunish uchun quyidagi sakkiz yo’nalishda tahliliy tadqiqotlar o’tkazdik:

1.  Tizimli xavflar va barqarorlik

2.  Qulay sharoitlar va boshqaruv omillari

3.  Resurslar va imkoniyatlar

4.  Shakllanayotgan trendlar va bandlik drayverlari

5.  Ish imkoniyatlarini yaratishda qarorlar qabul qilish jarayoni

6.  Demografik tahlil

7.  Ish muhiti

8.  “Yashil” ish oʼrinlari

BMTTDning Oʼzbekistondagi vakolatxonasi yetakchi xodimlari, universitet professorlari, nodavlat-notijorat tashkilotlar vakillari va tadbirkorlar bilan Bandlik Kelajagi ekotizimidagi ehtiyojlar, resurslar, shart-sharoitlar va maqsadlar toʼgʼrisidagi tadqiqot savollari asosida yettita intervyu oʼtkazildi.

Natijalarni jamlash, dinamikani aniqlash va oʼzaro bogʼliqliklarni belgilab olish maqsadida mazkur bosqichda biz asosiy jamoa va hamkasblarning kengaytirilgan guruhi ishtirokida bir nechta seminarlar tashkil etdik.

BАNDLIK KELАJАGI EKOTIZIMIGA DAXDORLIGIMIZ

Oʼzbekistonda bandlik kelajagi yo’nalishida portfel ishlab chiqish jarayonida tizimli fikrlashni qoʼllar ekanmiz, biz birinichi bo’lib tizim doirasida faoliyat yuritishga kim vakolatli va harakat qilishga tayyor, kim taʼsir kuchiga ega, kim oʼzini namoyon qilishi mumkin, va shu bilan birga kim tarmoqlar va resurslardan foydalanish va qaror qabul qilish imkoniyatiga ega, degan savollarga javob izlashdik.

Xususan BMTTD borasida esa Oʼzbekistonda bandlik kelajagi ekotizimida bizning rolimiz nimadan iborat ekanini muhokama qildik va Oʼzbekistonda bandlik kelajagi portfelini ishlab chiqishdagi o’rinmizni aniqlash va ifoda qilish uchun oʼz DАXLDORLIGIMIZni quyidagicha tavsifladik.

Surat: BMTTD O'zbekiston
STRATEGIYA TIZIM SIFАTIDA: BАNDLIK KELАJАGI EKOTIZIMI PORTFELIMIZ OBYEKTI SIFАTIDА

Daxldorlikni ifodalab olganimizdan soʼng biz Oʼzbekistonda Bandlik kelajagi ekotizimini tashkil etuvchi tuzilmalar, elementlar, munosabatlar va tushunchalar toʼgʼrisida fikr yuritishga oʼtdik. Xususan, biz tizimli muammolar va hodisalarni yaxlit nuqtai nazardan tushunish va aniqlash uchun bandlik ekotizimi doirasidagi ehtiyojlar, resurslar va sharoitlarni oʼrganib chiqdik.

Surat: BMTTD O'zbekiston

Ehtiyojlar:

Biz mamlakatning ehtiyojlarini bandlik va uning kelajagi nuqtai konteksti doirasida mamlakat darajasida eʼtibor talab qiladigan va uning koʼplab elementlari (odamlar, institutlar, korxonalar) tomonidan choralar koʼrishga undaydigan boshlangʼich nuqta sifatida tahlil qildik.

  • Taʼlim sohasini takomillashtirish: Hukumat tomonidan olib borilayotgan islohotlarga qaramsdan, rasmiy va norasmiy taʼlim tizimini takomillashtirish masalasi hali ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
  • Diversifikatsiyalashgan yondashuv: Hozirgi vaqtda xizmat koʼrsatish va sanoat iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari boʼlib qolmoqda, bunda yangi tashkil etilayotgan ish oʼrinlarining qariyb 80 foizi xizmat koʼrsatish sohasiga toʼgʼri keladi. Ammo mehnat resurslarining ortiqcha taklifi mavjud bir sharoitda, mehnat va bandlikka nisbatan diversifikatsiyalashgan yondashuvlar yetishmayotgani ham kuzatilmoqda.
  • Aniq muvofiqlashitirish: Mavjud strategiya, dastur va tashabbuslar aniq muvofiqlashtirlish va munosabtlar tizimini shakllatirish orqali  yagona strategik yoʼnalish tomon muvofiqlashtirlishi kerak.
  • Qulay muhitni shakllatirish: Elektr energiyasi, suv, gaz va boshqalarni uzilishlarsiz yetkazib berish va ulardan samarali foydalanish barqaror biznes muhitini yaratish uchun muhim ahamiyatga ega.
Surat: BMTTD O'zbekiston

Resusrlar:

Oʼzbekistonda mavjud boʼlgan va aniqlangan ehtiyojlarni qondirish uchun jalb qilinishi mumkin boʼlgan resurslar.

  • Inson zaxiralari va institutsional kapital – Har yili yarim millionga yaqin yoshlar mehnat bozoriga kirib kelmoqda va ayollarning iqtisodiyotdagi ishtiroki past darajada qolmoqda.  Bu vaziyatda ulkan demografik salohiyatdan toʼliq foydalanilmayapti.
  • Tabiiy resurslar – Oʼzbekistonning turfa xil tabiiy resurslari va qishloq xoʼjaligi salohiyati iqtisodiyot uchun mustahkam poydevor bo’lib xizmat qiladi va rivojlanish uchun yangi imkoniyatlarni yaratishi mumkin.
  • Moliyalashtirish manbalari – Investitsiya muhitining yaxshilanishi, xalqaro moliya institutlari tomonidan qoʼllab-quvvatlash va katta miqdordagi pul oʼtkazmalari yangi imkoniyatlarni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
  • Iqtisodiyot tarmoqlarining imkoniyatlari va salohiyati – Qishloq xoʼjaligi, sanoat va xizmat koʼrsatish iqtiqodiyotning asosiy tarmoqlari hisoblanadi. Raqamlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirishga davlat dasturlari darajasida ustivorlik berilayotgani sababli yuqoridagi sohalar kesishmalarida istiqbolli imkoniyatlar paydo boʼladi.
Surat: BMTTD O'zbekiston

Sharoitlar:

Bevosita nazorat va taʼsir doirasidan tashqaridagi vaziyat va tuzilmalar hisoblanadi. Koʼpincha, sharoitlar, deganda oʼzgalarning resurslari tushunilib, ular mamlakatning oʼz ehtiyojlarini qondirish va oʼz resurslaridan foydalanish qobiliyatiga taʼsir qiladi.

  • Mavjud strategik yo’nalishlar – Mehnat bozori, taʼlim tizimi va yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan mavjud strategiyalar umulashgan izchil yondashuvlarni talab qiladi. Masalan, xalqaro standartlar, qoidalar, ustuvor yoʼnalishlar.
  • Barqaror infratuzilma va resurslarni boshqarish – Iqlim oʼzgarishi va tabiiy resurslar degradatsiyasi sharoitida Oʼzbekiston oʼz resurslarini (ayniqsa, suv va yer resurslarini) asrash va kelajakdagi zarbalarni yumshatish uchun puxta chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak.
  • Yetakchilik va hamkorlik vazifalari – Mehnat bozorining raqobatbardoshligini oshirish har bir manfaatdor tomondan qulay tadbirkorlik muhitini yaratish uchun yuqori ishonch darajasini taʼminlash hamda oʼz majburiyatlariga jiddiy yondashishni talab qiladi.
  • Boshqaruv jarayonidagi shaffoflik – Hukumat javobgarlik va shaffoflikning muhimligini eʼtirof etar ekan, milliy va xalqaro sheriklar uchun ishonchli muhit yaratish uchun joriy standartlarni takomillashtirish vazifasi dolzarb boʼlib qolmoqda.
Surat: BMTTD O'zbekiston
DАSTLАBKI MULOHАZАLАR VА BIZNING BАNDLIK KELАJАGI BORАSIDАGI MАQSАDLАRIMIZ

Ehtiyojlar, resurslar va sharoitlar tahlili bizga Bandlik kelajagi ekotizimiga doir tushunchalarni shakllantirish va maxsus seminarlar orqali bu boradiagi maqsadlarimizni shakllantirish imkonini berdi.

Surat: BMTTD O'zbekiston

Ushbu mulohazalarga asoslangan holda, biz ushbu jarayon doirasida o’z MАQSАDimizni shakllantirdik. Maqsad - kutilayotgan natija tomonga erishish maqsadida Strategik izlanishlar va harakatlar portfelini ishlab chiqish yoʼlida qilingan qaror. BMTTDning ushbu sohadagi Daxldorligi jarayonning boshida aniqlangan edi. Kutiladigan natija esa tizimning ehtiyojlari, resurslari va sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqildi.

Maqsad

Strategik izlanishlar va harakatlar portfelinining dinamik boshqaruviga tizimli yondashuvni qoʼllagan holda BMTTDning Oʼzbekistondagi vakolatxonasi oʼzining

  • tarmoqlararo imkoniyat va resurslaridan
  • milliy sheriklar va ijrochi hakorlarni jalb qilish borasidagi vositachilik rolidan
  • “yashil” iqtisodiyotga oʼtish sohasidagi yetakchi xalqaro tashkilot sifatidagi mavqeidan

fordalangan holda Oʼzbekistonda moslashuvchan, chidamli va barqaror “Bandlik kelajagi” ekotizimini qoʼllab-quvvatlaydi va barpo qiladi.

Surat: BMTTD O'zbekiston
JARAYONNING OʼZIDAN NIMALАRNI OʼRGANDIK

Tizimli fikrlash vositalaridan foydalanish va portfel yondashuvini tatbiq etish bizdan institutsional madaniyatimiz va individual dunyoqarashlarimizni oʼzgartirishni talab qiladi. Mashhur iqtibosni boshqacha qilib aytganda: dunyoni oʼzgartirishdan avval oʼzimizni oʼzgartirishimiz toʼgʼriroq boʼladi. Ishonamizki, bir-biri bilan faol ravishda tajriba almashuvchi loyihalardan tashkil topgan va oʼzaro bogʼlangan portfellar biz duch kelayotgan muammolarning murakkabliklari sharoitida ishlash imkonini beruvchi keng tarqalgan vositaga aylanadi. Shu nuqtai nazardan, dunyoning turli mamlakatlarida BMTTDning bu boradagi yig’ilib borayotgan bilim va tajribalarini toʼldirishi maqsadida mazkur amaliyotni oʼtkazish davomida olingan saboqlarni hujjatlashtirish muhim hisoblanadi. Mazkur bloglar turkumi aynan mana shu maqsadga xizmat qilib, bunda tajribamizni bosqichma-bosqich baham koʼrish barobarida, har bir qadam boʼyicha kontekst va mulohazalarni taqdim etib boramiz.

Umumiy manzarani to’dirish maqsadida biz jarayonni boshlash va Muammolar tahlii bosqichi davomida olgan ayrim xulosalarmiz bilan oʼrtoqlashmoqchimiz:

  • Rahbariyat, mintaqaviy byuro va innovatsiyalar guruhlarining strategik koʼrsatma, yoʼl-yoʼriq va koʼmagi juda muhim hisoblanadi. Bizning holatda bu jarayon Oʼzbekistondagi vakolatxonamiz rahbariyati tashabbusi asosida boshlandi va rahbariyat bizni keyingi bosqichlarda ham qoʼllab-quvvatlashda davom etdi. Istanbul mintaqaviy markazidagi Innovatsiyalar guruhi tomonidan koʼrsatilgan yordam va yo’riqlar bizga tegishli metodologiyani qoʼllash va moslashtirish imkonini berdi. Ular, shuningdek, bizga metodning oʼziga xos jihatlari boʼyicha yoʼl-yoʼriq koʼrsatib, ishning puxta va sifatli bajarilishiga yordam berdi.
  • Birinchi tematik sohani tanlashda eʼtiborli boʼlish. Murakkab va oʼzaro bogʼliq dinamikaga ega boʼlgan, dasturiy manfaatlar nuqtai nazaridan muvozanatlashtirilgan, hamda strategik ustuvorliklar va imkoniyatlarga mos keladigan tematik sohani belgilash juda muhim. “Bandlik kelajagi” mavzusini tanlash bizga kerakli dasturiy istisoslashuvni saqlab qolish va mavzuning turli jihatlari orqali barcha dasturiy klasterlarni jalb qilish imkonini berdi.
  • Usullar va metodologiya jarayonda bevosita qatnashish, muhokama va tahlil jarayonlarida ishtirok etish orqali yaxshiroq egallanadi. Shu maʼnoda, dasturiy mutaxassislarining keng guruhi ishtirokini taʼminlash muhim ahamiyatga ega. Bu borada turli lavozim darajasi va ixtisosliklarga ega mutaxasslar guruhini jalb qilish maqsadga muvofiq. Ushbu dastlabki guruh keynchalik oʼzgarishlarni olg’a suruvchi kuchga va yangi uslublarni qoʼllashdagi yetakshilarga aylanadi.
  • Muammoni oʼrganish jarayonida eng qimmatli fikrlar eng kutilmagan manbalardan kelishi mumkin. Noodatiy qarashlarni qidiring. Bizning holatda biz NNT hamjamiyati, ilmiy doiralar va tadbirkorlarning bilim va tajribasidan foydalandik. Bu bizga mavzuni imkon qadar kengroq qamrab olish uchun yangi nuqtai nazarlar va qarashlarni kashf qilish imkonini berdi.
  • Hamkasblar va hamkorlar bilan jarayonning boshidanoq yaxlit yoʼl xaritasini ishlab chiqishga va kutilayotgan (qisqa va uzoq muddatli) natijalarni xolis baholab borishga harakat qiling. Jarayon baʼzi holatlarda murakkab boʼlib, avval boshida juda chalkash yoki amaliy qiymatga ega emas boʼlib tuyulishi mumkin. Jarayonda davom etar ekansiz ishtirokchilarda boshqotirmaning turli qismlari asta-sekin yaxlit natijaga olib kelishi haqida tushuncha hosil qiling (ya’ni yakuniy natija oxirida alohida qismlarning yigʼindisidan ko’proq boʼlishi haqida).
  • Agar bu portfelni ishlab chiqish borasidagi birinchi amaliyot boʼlsa, jarayonni sinkovlik bilan hujjatlashtirish oʼrganish jarayonining “institutsional xotirasini” yaratishga yordam beradi. Bosqichma-bosqich hisobotlar, qaydlar, fayl repositoriylari, onlayn yoki oflayn shakldagi ish doskalari, suhbatlar qaydlari, yigʼilish bayonnomalari va boshqalarni saqlab borish oʼrganish jarayonini takomillashtirish va kelajakda mazkur jarayonni takrorlash yoki oʼzgartirish imkonini beradi.
KEYINGI BOSQICH: YECHIMLAR

Maqsadni shakllantirish keyingi – Yechimlar,  bosqichiga oʼtish uchun asos yaratdi. Yechimlar bosqichida ekotizim toʼgʼrisidagi tushunchamiz asosida oʼz gipotezamizni qurdik va maqsaddan kelib chiqqan holda  E’tibor sohalarini aniqladik. Keyin esa BMTTDning mavjud loyihalari hamda boshqa milliy va xalqaro tashabbuslarni o’rganib chiqdik va strategik harakatlar portfelni yaratish maqsadida tor yo’nalishlarni batafsil o’rganishga o’tdik. Keyingi blogimizda ushbu bosqich haqida batafsil to’xtalamiz.\

Muzaffar Tilavov, BMT Taraqqiyot dasturining Oʼzbekistondagi vakolatxonasi Аkselerator laboratoriyasining Tadqiqotlar boʼyicha rahbaridir. Siz u bilan muzaffar.tilavov@undp.org elektron pochta manzili yoki Tvitterdagi @mtilavov manzili orqali bog’lanishingiz mumkin.