Asalarichilik - Orolboʻyi chekka hududlarining zaif jamoalarini qoʻllab-quvvatlash vositasi

BMT taraqqiyot dasturi Qoraqalpogʻistonning toʻrt tumanida istiqomat qiluvchi aholiga 30 ta asalari uyasini taqdim etdi

21-May, 2022
Beekeepers
BMTTD O'zbekiston

2022-yil 12-may kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus tumanida BMT Taraqqiyot dasturi tashabbusi bilan asalarichilikni rivojlantirish uchun zarur uskunalarni topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

bee-hive
BMTTD O'zbekiston

Joriy yilning fevral oyida Yaponiya hukumati tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTTD va YuNFPAning “Orolboʻyi hududidagi aholining iqtisodiy, ekologik hamda sog‘liqni saqlash masalalaridagi zaifliklarini bartaraf etish orqali turmush barqarorligini mustahkamlash” Qoʻshma dasturi tomonidan innovatsion biznes-loyihalar tanlovini e’lon qilingan edi. Gʻolib deb topilgan loyihalar orasida tanlov komissiyasi Boʻzatov va Qoraoʻzak tumanlarida asalarichilikni rivojlantirishga qaratilgan 2 ta biznes-rejani moliyaviy koʻmak koʻrsatishga maʼqulladi.

Shu paytning oʻzida O'zbekistondagi Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha BMT Koʻpsheriklik trast fondi moliyaviy koʻmagida amalga oshirilayotgan BMTTD, YUNFPA va FAOning "Orolboʻyi hududining yaxshi himoyalanmagan hamjamiyatlaridagi iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligi muammolarni hal qilish uchun yoshlar va zaif aholining moslashuv salohiyatini mustahkamlash orqali ijodiy va innovatsion imkoniyatlarini rivojlantirish" deb nomlangan yana bir Qoʻshma dasturi doirasida aholining zaif qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash, ish bilan ta’minlash va uy xoʻjaliklari darajasida innovatsion texnologiyalarni ilgari surish maqsadida "temir" daftariga kiritilgan ishsiz yoshlar va ayollar roʻyxatidan 35 ta uy xoʻjaligi sharoiti oʻrganib chiqildi. Tahlil natijasi boʻyicha Moʻynoq va Qoʻngʻirot tumanlarining ikki vakiliga asalarichilikni rivojlantirishda koʻmak koʻrsatilmoqda.

Beekeepers
BMTTD O'zbekiston

Orolboʻyi mintaqasi uchun asalarichilik - nafaqat barqaror daromad olish vositasi, balki atrof-muhitni yaxshilash, ekologik toza va sogʻlom mahsulot ishlab chiqarish, kelgusida fermer va tadbirkorlarning faoliyatini diversifikatsiya qilishga hissa qoʻshish imkonidir. Chunki asaldan tashqari, asalarichi mum, asalari yelimini ham oladi, agar omad kulib boqsa, farmatsevtika sohasida zarur boʻlgan asalari zaharini sotishni ham yoʻlga qoʻyishi mumkin.

Bees
BMTTD O'zbekiston

Uskunalarni topshirish marosimida ishtirok etish uchun Nukus tumaniga tanlovdan oʻtgan toʻrt asalarichi, yani hayoti shu kundan boshlab butunlay oʻzgaradigan - ikki ayol va ikki erkak fermer tashrif buyurdi. Shu kunning oʻidayoq rasmiy marosimdan soʻng, boʻlajak asalarichilar uchun tajribali asalarichi Baxtiyor Jubayevdan mahorat darsi oʻtkazildi. Mutaxassis oʻz bilimlari bilan boʻlishdi, biznesning oʻsishini ta’minlash, mijozlar bilan aloqa oʻrnatish va uyalarni parvarish qilishning oʻziga xos xususiyatlari haqida gapirdi. 2021 yilning may oyida Boʻzatov, Qoraoʻzak va Chimboytumanlaridagi 8 nafar asalarichiga ham oʻz faoliyatini boshlashi uchun texnik yordam berilib, master-klasslar shaklidaamaliy tajriba ham taqdim etildi. 

beekeepers
BMTTD O'zbekiston

BMTTD namunaviy hududlarda mahalliy tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashda davom etmoqda. Alohidaeʼtibor qishloq xoʻjaligi, ishlab chiqarish va xizmatlar sohalarini rivojlantirish uchun endi ishini boshlayotgan fermerlarva tadbirkorlar salohiyatini oshirishga qaratilmoqda.