Farg‘ona vodiysida Yaponiya va BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida Iqlim vaziyat markazlari ishga tushirildi

Tartibga solingan agrometeorologik ma'lumotlardan foydalanish mahalliy fermerlarga o'z ishlarida yordam berishi kutilmoqda

24-May, 2023
Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

2023-yil 23-may kuni Namangan viloyatida yangi meteorologik radar negizida yaratilgan Iqlim vaziyat markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida ishtirok etish uchun Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi janob Hatori Takashi va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska xonimlar mintaqaga tashrif buyurishdi.

Iqlim vaziyat markazi aloqa vositalari va axborotni interaktiv tarzda taqdim etish vositalari bilan jihozlangan xonadir. Farg‘ona vodiysi hududida: Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida uchta Iqlim holati markazi ishga tushirildi.Ular Farg'ona vodiysining har bir mintaqasiga meteorologik stantsiyalari, shuningdek Namangan viloyatida o'rnatilgan radar tomonidan taqdim etilgan agrometeorologik ma'lumotlarni real vaqt rejimida to'plash, monitoring qilish va qayta ishlash imkonini beradi. Markazlar BMTTD tomonidan O'zgidromet bilan hamkorlikda va Yaponiya hukumatining moliyaviy ko'magida tashkil etilgan.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda
“Global iliqlashuuv va iqlim o‘zgarishi turmushimiz uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda, fermerlar va qishloq joylaridagi uy xo'jaliklariga qurg'oqchilik, suv tanqisligi va ekstremal ob-havo hodisalari tobora ko'proq tahdid solmoqda. Yaponiya hukumati xavf ostida bo'lganlarni inson xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta'minlash maqsadida iqlim o'zgarishiga yanada chidamli qilish muhim deb hisoblaydi va ko'plab mamlakatlarga, shu jumladan O'zbekistonga ham yordam beradi",

– dedi Yaponiyaning O'zbekistondagi elchisi janob Xatori Takashi

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda
"Iqlim vaziyat markazlari agrometeorologik xizmatlarni shakllantirishga yordam beradi va ekstremal ob-havo hodisalari haqida oldindan ogohlantiradi. Ma'lumotlarni qayta ishlash va vizuallashtirish sohasidagi bu yutuqlar agrometeorologik kuzatuv tarmoqlarini modernizatsiya qilish bilan birgalikda Farg'ona vodiysidagi meva-sabzavot yetishtiruvchilarga yetkazilishi mumkin bo'lgan yo'qotishlar va zararlarning oldini olish/kamaytirishga olib kelishi, mintaqa aholisiga foyda keltirishi va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashi kutilmoqda",

– deya qo'shimcha qildi BMTTD O'zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska xonim.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Iqlim vaziyat markazlarning tashkil etilishi Farg‘ona vodiysidagi meva-sabzavot ishlab chiqaruvchilarining iqlimga chidamliligini oshirish yo‘lidagi izchil qadamdir. Joriy yilning o‘tgan davrida bu boradagi ishlar doirasida Farg‘ona vodiysidagi fermer xo‘jaliklarida 20 ta kichik agrometeorologik stansiya o‘rnatildi.

Shuningdek, Farg‘ona vodiysida 2023 yilning may-iyun oylari oralig‘ida 15 ta yirik avtomatlashtirilgan meteostansiyalar o‘rnatildi. Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi janob Hatori Takashi va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska xonim Namangan viloyatida yirik meteostansiyalardan biriga tashrif buyurdi. Shundan soʻng Yaponiya hukumati koʻmagida BMTTD tomonidan oʻrnatilgan barcha 35 ta meteorologik stansiyasini Oʻzgidrometga topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda qatnashgan fermerlar meteostantsiyalari faoliyatiga oid taassurotlari bilan o'rtoqlashdilar hamda agrometeorologik ma'lumotlardan foydalanish ularga qishloq xo'jaligi jarayonlarini optimallashtirishga qanday yordam berishi mumkinligi haqida gapirib berishdi. Ular, aniqroq agrometeorologik ma’lumotlarga ega bo‘lish orqali iqlim o‘zgarishiga asoslangan agrotexnik ishlarini rejalashtirishni amalga oshirish, agrotexnika bilan bog’liq xarajatlarini kamaytirish va mahsulot sifatini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishlarini aytishdi.

“Bolaligimdan bog‘dorchilik bilan shug‘ullanaman. Ayni paytda xo‘jaligimiz uzumchilik va bog‘dorchilikka ixtisoslashgan. Qaytgan ayozlar, qurg'oqchilik va g'ayritabiiy yuqori havo harorati biz kutgandan ham tez-tez sodir bo’lmoqda. Ob-havoning kutilmagan o'zgarishlariga qanday javob berish, shuningdek, stantsiyalarining agrometeorologik ma'lumotlaridan foydalansh bo'yicha o'quv seminarlarida olgan bilimlarimiz bizga tegishli choralarni ko'rish, sifatli mahsulotlar yetishtirish va munosib daromad olish imkonini beradi",

– deydi "Komiljon Rasuljon Mavlobek" fermer xo'jaligi direktori Mavlonbek Komiljonov.

Tashrif davomida Yaponiyaning O'zbekistondagi elchisi va BMTTD doimiy vakili, shunigdek, Namangan viloyati hokimi bilan uchrashdi, Farg'ona vodiysida meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilarning iqlimga chidamliligini oshirish masalalarida BMTTD, Yaponiya va O'zgidromet o'rtasidagi hamkorlik natijalarini muhokama qilishga bag'ishlangan davra suhbati ishida ishtirok etishdi.

***

Ushbu missiya “O'zbekistonning Farg'ona vodiysida meva-sabzavot yetishtiruvchilarning iqlim o'zgarishiga moslashuvini oshirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan. Loyiha BMT Taraqqiyot Dasturi va O'zgidrometning Yaponiya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan qo'shma tashabbusidir. Loyiha agrometeorologik kuzatuvlar va prognozlash tizimini takomillashtirish, iqlimga chidamli bog‘dorchilik xizmatlarini kengaytirish va iqlim o‘zgarishiga asoslangan rejalashtirish tizimini joriy etish orqali Farg‘ona vodiysidagi qishloq xo‘jaligi jamoalarining ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan. Uning umumiy byudjeti 954 147 dollarni tashkil qiladi. Loyiha natijalari O‘zbekiston tomonidan 2021 yilda qabul qilingan yanada jiddiy “Milliy darajada belgilanadigan hissa” (NDC2) da qayd etilganidek, mamlakatning iqlim o‘zgarishiga moslashish borasidagi sa’y-harakatlarini kuchaytiradi.