22 dekabr 2021 yil, Nukus, Qoraqalpog‘iston. Bugun Yoshlar markazida Qo‘ng‘irod, Mo‘ynoq, Bozatov tumanlari va Nukus shahrilik 18-30 yoshli insonlar uchun tadbirkorlikning asosiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va startap tashabbuslarni ishga tushirish bo‘yicha trening o‘tkazilmoqda. Tadbir gibrid shaklda, BMT shafeligida O‘zbekistonning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast fondi (IXKTF) moliyalashtirayotgan BMTTD, YuNFPA, FAOning “Orolboʻyi hududining yaxshi himoyalanmagan hamjamiyatlaridagi iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligi muammolarni hal qilish uchun yoshlar va zaif aholining moslashuv salohiyatini mustahkamlash orqali ijodiy va innovatsion imkoniyatlarini rivojlantirish” Qo‘shma dasturi tomonidan tashkil etildi.
Mazkur dastur doirasida Qoraqalpog‘istonda yosh tadbirkorlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llaydigan mahalliy startap inkubatorlar va akseleratorlarni yaratish nazarda tutilgan. Yoshlar ishlari bo‘yicha agentlik huzurida yoshlar platformasini joriy qilish rejalashtirilgan, unda bo‘lajak tadbirkorlarni o‘z niyatlarini amalga oshirish, startap loyihalar sohasida ko‘nikmalarini rivojlantirishda ular uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi.
Tahsilni olib borish uchun biznes-g‘oya tug‘ilgandan boshlab to startap loyihalar ishga tushirilgunga qadar dastur ishtirokchilariga hamrohlik qiladigan ushbu sohadagi taniqli bo‘lgan Rossiya Federatsiyasilik ekspertlar, tajribali mentorlar taklif qilingan. Tanlov asosida tanlangan startap loyihalar amalga oshirilish uchun BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan moliyalashtiriladi. Startap loyihalar uchun g‘oyalarning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar:
- iqtisodiyot
- ijtimoiy soha
- axborot texnologiyalari
- turizm
- hududdagi iqlim o‘zgarishlari (qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq)
BMTTD Qoraqalpog‘istonning qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish va innovatsiyalarni joriy qilish, yoshlar, xotin-qizlar, hamda nogironligi bo‘lgan insonlar, ayollar boshqarayotgan oilalar, mehnat migrantlari va boshqa shu kabilardan iborat ehtiyojmand odamlar guruhining huquq va imkoniyatlarini kengaytirish uchun intellektual va qulay infratuzilmali hamjamiyatlar rivojiga ko‘mak berib kelmoqda.