Markaziy Osiyo mamlakatlari iqlim o‘zgarishiga chidamlilik uchun erta ogohlantirish tizimlarini muhokama qilmoqda
22-September, 2023
21 sentyabr, Bishkek – Bugun Bishkekda Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi va unga chidamlilik yuzasidan yuqori saviyadagi muloqot boshlandi. Tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari hukumatlarining vakillari, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Bosniya va Gersegovina, Gruziya, Italiya, Serbiya, Chernogoriya va Yaponiyadan kelgan xalqaro ekspertlar va olimlar yig‘ilib, Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish va uning oqibatlarini yumshatishda erta ogohlantirish tizimlarining muhim o‘rni muhokama qilindi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari iqlim o‘zgarishi ta’siriga nisbatan judayam zaifdir. Jazirama issiqlikning jadal to‘lqinlari, qurg‘oqchilik, kuchli yog‘ingarchilik va boshqa ekstremal ob-havo hodisalari atrof-muhit, iqtisodiyot va inson salomatligi uchun jiddiy muammoga aylanmoqda. Mintaqadagi 75 million kishidan 40 millioni, birdaniga bir nechta mamlakat hududlariga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan, zilzilalar, sellar va toshqinlarning muttasil xavfi ostida yashaydi.
Erta ogohlantirish tizimlari xavf-xatarlarni kamaytirish va bunday tabiiy ofatlar oqibatlarini minimallashtirish uchun oldindan ogohlantiruv vositasini taklif qiladi. Ular iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda mutlaqo ustuvor bo‘lib, xavf-xatarlarni kamaytirish bo‘yicha Parij kelishuvi va Senday hadli dasturi singari umumjahon tashabbuslari bilan uyg‘unlashib, shu o‘rinda rivojlanish maqsadlariga erishishga katta hissa qo‘shadi.
Qirg‘iziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari Azamat Mambetov konferensiyaning ochilishida ta’kidlaganidek:
"Hayotni saqlab qolish maqsadida erta ogohlantirish tizimlarini mustahkamlash borasida tajriba va yangiliklar almashish uchun mintaqaviy muvofiqlashtirish va hamkorlik zarur".
BMTTD ning Qirg‘izistondagi doimiy vakili Aleksandra Solovyova shunday dedi:
"Qirg‘izistondagi BMTTD ko‘p yillar davomida favqulodda va inqirozli vaziyatlarda yagona boshqaruv tizimini yaratish va rivojlantirishga yordam berib kelmoqda. Bugun biz Markaziy Osiyoda iqlimiy chidamlilik bo‘yicha mintaqaviy muloqot uchun platformani taklif etmoqdamiz. Umid qilamizki, ushbu muloqot doirasida favqulodda vaziyatlar monitoringi va erta ogohlantirish sohasidagi transchegaraviy hamkorlik kuchaytiriladi, axir iqlim o‘zgarishi chegaralarni tan olmaydi".
Qirg‘iziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, BMTning Qirg‘iziston Respublikasidagi taraqqiyot dasturi (BMTTD) hamda BMTTDning Istanbul mintaqaviy markazi tomonidan Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida tashkil etilgan bugungi yuqori saviyadagi muloqot favqulodda vaziyatlar va inqirozli vaziyatlar monitoringi va ularni erta ogohlantirish sohasidagi transchegaraviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Yevropa Ittifoqi iqlim o‘zgarishini xalqaro sheriklar bilan hamkorlik borsidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biridir deb, belgilab qo‘ydi.
"Iqlimni moliyalashtirishning dunyodagi eng yirik donori sifatida Yevropa Ittifoqi o‘zining a’zo davlatlari bilan birgalikda, so‘nggi 10 yil ichida, Markaziy Osiyo davlatlariga 105 milliarddan ko‘proq yevro investisyalagan. Biz Markaziy Osiyo mamlakatlarini siyosiy muloqot, rivojlanish maqsadidagi hamkorlik va ko‘pgina manfaatdor tomonlar ishtirokidagi sheriklik, shuningdek mintaqaviy rivojlanishga strategik yondashuv orqali qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz",
- dedi Yevropa Ittifoqining Qirg‘izistondagi elchisi Merilin Yozefson.
Iqlimiy xavflarning transchegaraviy tabiatini e’tiborga olgan holda, erta ogohlantirish tizimlari Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning eng dolzarb kun tartibiga aylanib bormoqda.
"Mamlakatlar Markaziy Osiyo mintaqasida zaruriy infratuzilmaga, salohiyatni oshirishga va bilim almashishga investitsiyalar qilib, erta ogohlantirish tizimini yaratish va rivojlantirish sohasiga ustuvor diqqat-e’tiborlarini qaratishlari kerak. Texnologiyalar, ma’lumotlar va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish orqali biz iqlimiy xavf-xatarlarga oldindan tayyorgarlik ko‘rib qo‘yishimiz va ularning jamiyatimiz, iqtisodiyotimiz va ekotizimlarimizga ta’sirini yumshata olishimiz mumkin",
– deb ta’kidladi Qozog‘iston Respublikasi Ekologiya va tabiiy zaxiralar vazirligi Iqlimiy siyosat departamentining Ilmiy-texnik rivojlanish boshqarmasi rahbari Bakitgul Baytanbalieva.
Yaqinda qabul qilingan "O‘zbekiston – 2030" strategiyasida alohida bob suv zaxiralarini saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari va vazifalariga bag‘ishlangan, xususan, erta ogohlantirish miqyosini, xavf-xatarlar yuzasidan bashoratlarning ishonchliligini, agrometeorologik bashoratlarning ishonchliligini o‘zlarining maksimal qiymatlarigacha yetkazish rejalashtirilgan.
"Mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish va birgalikdagi sa’y-harakatlarni uyg‘unlashtirish ushbu muammolarni hal etishning eng talabgir yo‘lidir, deb hisoblaymiz",
– dedi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Kotibiyatining rahbari Qadamboy Saytov.
Oliy saviyadagi muloqot iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ilgari surish yuzasidan umumjahon sa’y-harakatlariga mos keladi va Markaziy Osiyo davlatlarining hamma uchun barqaror, iqlimga chidamli kelajakni barpo etishga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Tojikiston hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qo‘mitasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Hotamsho Latifzoda ta’kidlaganidek:
"Biz barchamizga ta’sir qiladigan iqlim o‘zgarishi davrida yashamoqdamiz. Iqlim "tahdidlar orttirgichi" bo‘libgina qolmay, balki umumjahon hamkorligini jadallashtiruvchisi hamdir. Bu omil xalqlarning iqlim o‘zgarishiga moslashishni e’tiborga olgan holdagi yakdillashuviga va umumjahon barqaror rivojlanish yo‘nalishidagi hamkorligiga ko‘maklashadi."
"Turkmaniston mintaqaning boshqa mamlakatlari bilan yaqin hamkorlikda Markaziy Osiyodagi iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanish hamda mintaqamiz oldida turgan ekologik muammolarga moslashish bo‘yicha muntazam ish olib bormoqda",
– dedi Turkmaniston atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi Gidrometeorologiya xizmatining Meteorologiya bo‘limi boshlig‘i Xo‘janiyaz Jumashov.
2022 yilning mart oyida BMT Bosh kotibi "Hamma uchun erta ogohlantirish" tashabbusini boshladi va yer yuzidagi har bir inson 2027 yilgacha erta ogohlantirish tizimlari bilan himoya qilingan bo‘lishiga chaqirdi.
2002 yildan buyon BMTTD iqlimiy axborot va erta ogohlantirish tizimlarini yaratish bo‘yicha dunyo bo‘ylab 80 dan ortiq loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib, 60 mamlakatda, jumladan O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonda 4,8 milliondan ortiq kishi ulardan foydalanib kelmoqda. 150 dan ortiq erta ogohlantirish tizimlari o‘rnatilib, bu 2,3 mln kishiga iqlim yuzasidan muhim ma’lumotlardan voqif bo‘lish joizligini kengaytirish imkonini berdi.
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan "Markaziy Osiyodagi iqlim o‘zgarishi va barqarorlik" mintaqaviy loyihasi mahalliy, milliy va mintaqaviy miqyoslarda manfaatdor tomonlar orasida, muhitning iqlim jihatidan mo‘rtligi xavf-xatari haqidagi bilimlarni oshirishga; xavf-xatarlarni e’tiborga olgan holdagi siyosatni ishlab chiqish va zaxiralarni boshqarish yuzasidan ko‘maklashishga, shuningdek xavf-xatarlarni kamaytirish bo‘yicha amaliy choralarni qo‘llab-quvvatlashga urg‘u berib ro‘yobga chiqariladi.
***
BMTTD – BMT rivojlanishga doir umumjahon tarmog‘i bo‘lib, o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlovchi va farovon hayot qurishda odamlarga ko‘mak berish uchun bilim, tajriba va zaxiralarga ega mamlakatlarni o‘zaro bog‘lovchi tashkilot. Biz taxminan 170 mamlakat va hududlarda hoziru-nozir bo‘lib, rivojlanishning umumjahon va milliy muammolarini hal qilish ustida ular bilan birgalikda ish olib boramiz. Mahalliy salohiyat rivojlana borishi mobaynida, ular BMTTD xodimlariga va hamkorlarimizning keng davrasiga tayanadilar.
*O‘zbekiston delegatsiyasi taqdimotlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin: