O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mehnat bozorida ommabop bo‘lgan kasblar uchun masofaviy kasb-hunarga o‘qitish elektron platformasini yaratish bo‘yicha loyihani amalga oshirmoqda. BMTTD ushu onlayn platforma uchun 200 video-darslarni hozirlamoqda.
COVID-19 global pandemiyasi, shuningdek, koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish maqsadida qo‘llanilayotgan cheklovlar sabab odatiy jarayonlarni sezilarli darajada o‘zgartirdi. Dunyo hukumatlari COVID-19 global pandemiyasini to‘xtatish maqsadida o‘quv maskanlarini yopishga qaror qilishdi. YuNESKO ma'lumotlariga ko‘ra, dunyo boylab 100 dan ortiq mamlakatlarda o‘quv maskanlarini yopish choralarini qo‘llagan va bu dunyo bo‘ylab o‘kivchilarning yarmidan ko‘piga ta'sir qilgan.
Aholi, ayniqsa yoshlar orasida talab katta bo‘lganligi sababli, O‘zbekistonda kasb-hunar ta'limi umumiy ta'lim dasturlari bilan bir qatorda “onlayn” rejimiga o‘tkazildi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mehnat bozorida talab katta bo‘lgan kasblar bo‘yicha masofaviy kasb-hunar ta'limi elektron platformasini yaratish bo‘ycha qo‘shma loyihani boshladi. Biz ushbu tashabbusni qo'llab-quvvatlamoqdamiz.
Masofadan o‘qitish platformasi – Band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha “Ishga marxamat” Monomarkazining amldagi qisqa muddatli kurslari videomateriallari asosida ishlaydigan onlayn ma'lumotlar bazasi bo‘lib, ulardan koronavirus pandemiyasi paytida ham, undan keyin ham onlayn tarzda foydalanish mumkin.
Ushbu yilning iyun' oyida maishiy texnika va mobil qurilmalarni ta'mirlash ustasi, massajchi, tirnoq stilisti, oshpaz, santexnik, kosmetolog, ayollar va erkaklar sartaroshi, konditer va tikuvchi kabi talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘ycha 200 dan ortiq video materiallar tayyorlanadi.
Shuningdek, onlayn darslar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlarida joylashtiriladi.
Trening yo‘nalishlari haqida qo‘shimcha ma'umotlarni qo‘yidagi sahifadan topshingiz mumkin: https://monomarkaz.uz/.