O‘zbekiston BMTTD ko‘magida qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasida amaliyotchilar xalqaro hamjamiyatiga qo‘shildi
2-May, 2024
O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) bilan birgalikda qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash sohasida amaliyotchilar hamjamiyatining birinchi yig‘ilishida hamda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi va qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
Amaliyotchilar hamjamiyati - sug‘urta va tavakkalchilikni moliyalashtirish mexanizmini joriy etish bo‘yicha BMTTD tomonidan boshqariladigan “Qishloq xo‘jaligining moliyaviy barqarorligi” tashabbusi doirasidagi o’zaro tajriba almashinuv platformasidir”. Platforma sug‘urta bozorining uzoq muddatli o‘zgarishiga sarmoya kiritib, aholining zaif qatlami va jamoalarga qaratilgan innovatsion sug‘urta mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Amaliyotchilar hamjamiyati yig‘ilishida hamda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi va qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etishdan asosiy maqsad – ishtirokchi davlatlar o‘rtasida tajriba almashish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bozorini barqaror rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalar va boshqalarni o‘rganish imkoniyatidir.
Shuni qoʻshimcha qilish kerakki, xalqaro konferensiya doirasida ILMA va BMTTDning “Qishloq xoʻjaligining moliyaviy barqarorligi” dasturi faoliyatini, sug'urta va risklarni moliyalashtirish mexanizmlarini oʻrganib chiqdi va Oʻzbekistonning global loyihada ishtiroki, ushbu dasturga qoʻshilish imkoniyatlarini muhokama qildi..
Shuningdek, tashrif davomida BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va ILMA vakillari janob Dr. Veyjun Long – Xitoy Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Qishloq iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot markazi professori va Hindiston Qishloq xo‘jaligi va fermerlar farovonligi Vazirligi vakili Kamna Sharma xonim bilan Xitoy va Hindistonning qishloq xo‘jaligini rivojlantirish tajribasini o‘rganish, qishloq xo'jaligi sug'urtasi bo’yicha suhbatlashish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
Amaliyotchilar hamjamiyatining yig‘ilishda ishtirok etish qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bozorini kelgusida birgalikda barqaror rivojlantirishda O‘zbekiston va ishtirokchi davlatlar o‘rtasida samarali muloqot, tajriba almashish va o‘zaro yordamning boshlanishi bo‘ldi.
Orifjon Fayziev, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Sug‘urta bozorini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i quyidagilarni ta'kidlab o'tdi: "Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bozorini rivojlantirish va sug‘urta bozorini raqamlashtirish bo‘yicha turli mamlakatlar bilan tajriba almashish, shuningdek, milliy sug‘urta bozorini yanada rivojlantirishda samarali hamkorlik qilishni rejalashtirgan jahon sug‘urta bozori vakillari bilan tanishdik."
Amaliyotchilar hamjamiyati yig‘ilishi va Qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash va qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish bo‘yicha birinchi xalqaro konferensiyada ishtirok etish Germaniya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan BMTTDning “O‘zbekistonda sug‘urta va risklarni moliyalashtirishni takomillashtirish” global loyihasi doirasida qo‘llab-quvvatlandi. Uning asosiy maqsadi loyihada ishtirok etayotgan mamlakatlarga O‘zbekiston sug‘urta bozorini rivojlantirishda, jumladan sug‘urta siyosatini mamlakatning iqtisodiy rivojlanish dasturiga integratsiyalashuvida, inklyuziv sug‘urtani rivojlantirish, suveren risklarni moliyalashtirish, sug‘urta tavakkalchiligini moliyalashtirish, tabiiy ofatlar, sug'urta sohasiga qo'shimcha investitsiyalarni jalb qilish va boshqalardan iborat.