Ekspertlar Oʻzbekistonning BMT barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) amalga oshirish yoʻlidagi yutuqlarinikoʻrib chiqdilar, shu jumladan, keng doiradagi masalalar muhokama qilindi va milliy BRMga erishishnitezlashtirishning dolzarbligi boʻyicha yangi tashabbuslarning muhimligi ham atroflicha oʻrganildi.
Oʻzbekistonning barqaror rivojlanish milliy maqsadlari: BRMga yetish boʻyicha erishilgan natijalar va muammolar
26-September, 2023
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) tomonidan “Oʻzbekistonning barqaror rivojlanish milliy maqsadlari: BRMga yetish boʻyicha erishilgan natijalar va muammolar” mavzuida Xalqaro davra suhbati tashkil etildi. Tadbir BMTning Oʻzbekistondagi Taraqqiyot dasturi (BMTTD) koʻmagida oʻtkazilmoqda.
Tadbirda 70 dan ziyod delegatlar, shu jumladan, nufuzli xalqaro tashkilotlar va hamkor davlatlarning ekspertlari ishtirok etdi. Ular orasida BMTTD, JSST, OPHI, XMT, YUNISEF, FAO va boshqa tashkilotlar vakillari bor.
Bu galgi xalqaro davra suhbati BRMga erishish yoʻlida oʻtgan yarim muddatga belgilangan vazifalarni amalga oshirishning borishi, shuningdek, milliy BRMga erishishni jadallashtirishning dolzarbligi boʻyicha yangi tashabbuslarni BMTning Oʻzbekistondagi mamlakat jamoasi bilan hamkorlikda, xalqaro tashkilotlar, masʼul vazirlik va idoralar, nodavlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalari ekspertlari ishtirokida muhokama qilish bosqichlaridan biriga aylandi.
Tadbir BRMga yetish yoʻlida erishilgan yutuqlarni muhokama qilish va baholash, amaliy tajriba almashish, joriy maqsadlarga aniqlik kiritish va ularga yetishni jadallashtirish boʻyicha keyingi chora-tadbirlarni belgilash maqsadida tashkil etildi.
BMTning Oʻzbekistondagi doimiy koordinatori v.b. Konsuelo Vidal Bryus xonim, BMTTDning Oʻzbekistondagi Doimiy Vakili v.b. Anas Fayyad Karman, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Xakimovlar ishtirokchilarga tabrik soʻzlari bilan murojaat qildilar.
BMTning Oʻzbekistondagi doimiy doimiy koordinatori v.b. Konsuelo Vidal Bryus taʼkidlaganidek,
“BRM sammiti xalqaro hamjamiyat, milliy hukumatlar, fuqarolik jamiyatini va rivojlanish boʻyicha sheriklarni 2030-yilgacha davr uchun Kun tartibiga erishish boʻyicha birgalikdagi global saʼy-harakatlarning yangi bosqichini amalga oshirishda oʻz majburiyatlarini tiklashga ragʻbatlantirdi. Oʻzbekiston ham bu jarayonlarning faol ishtirokchisi hisoblanadi”.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Xakimov ishtirokchilarni qutlar ekan, joriy yilda Oʻzbekiston BRMga erishish yoʻlining yarmidan oʻtganini nishonlayotganini qayd etdi.
“Bu erishilgan yutuqlarni baholash, muhim tajribalar bilan oʻrtoqlashish va Oʻzbekiston uchun maqsadlarni aniqlashtirishning muhim paytidir”.
Markaz direktori BMTning 2030-yilgacha Bosh kun tartibidagi Barqaror rivojlanish maqsadlariga izchil erishilayotganini qayd etgan holda, uni mamlakatimiz Prezidenti yetakchiligida amalga oshirilayotgan Yangi Oʻzbekiston davlat siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanligini koʻrsatib oʻtdi.
“Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida “Yangi Oʻzbekistonni huquqiy, dunyoviy, demokratik va ijtimoiy davlat sifatida qurish siyosatini davom ettirish” niyatini bildirdi. Davlatimiz rahbari Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlarga alohida toʻxtaldi, global va mintaqaviy kun tartibidagi eng dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi”, – dedi O.Xakimov.
«2022-2026-yillarda Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasi” doirasida 2022-yilda boshlangan keng koʻlamli islohotlar barqaror rivojlanish sohasidagi maqsad va vazifalarga toʻliq mos kelishi ekspertlar tomonidan qayd etildi.
Xususan, Oʻzbekiston barqaror rivojlanish yoʻlidagi oʻzgarishlar dasturini ilgari surishda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgani ham ishtirokchilar tarafidan qayd etildi. Bu barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq ravishda davlat va xususiy moliyaviy ustuvorliklarni oʻzgartirishni ham oʻz ichiga oladi.
Shu bilan birga, davra suhbatida jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan oʻzgarishlar, ularning natijasida BRMini moliyalashtirishda ustuvor yoʻnalishlarni qayta koʻrib chiqish zarurati tugʻilayotgani ham muhokama qilindi. Dunyoda saqlanib qolayotgan tarang vaziyat esa Oʻzbekistonning BRMga yetish jarayonini sekinlashtirish bilan tahdid solmoqda.
Shu munosabat bilan yigʻilish ishtirokchilari tomonidan BRMga erishishni jadallashtirishning dolzarbligi, xususan, ushbu masalalarni hal etish yoʻllarini izlash boʻyicha yangi tashabbuslar bilan chiqish zarurligi bildirildi.
Oʻzbekiston barqaror rivojlanish maqsadlarini toʻliq amalga oshirish uchun investitsiyalar va texnologiyalarni faol izlamoqda, mamlakat bir vaqtning oʻzida Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yaqin aloqalarni mustahkamlamoqda. Bu saʼy-harakatlar butun mintaqada suv, energetik va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
BMTTDning Oʻzbekistondagi Doimiy Vakili v. b. Anas Karman oʻz maʼruzasida shunday dedi: