“Qishloq joylarnini barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida ITB missiyasi natijalari
27-March, 2023
Joriy yilning 13-martdan 16-martgacha Islom taraqqiyot banki (ITB) “Qishloq joylarini barqaror rivojlantirish” loyihasi hamkorlari bilan qo‘shma harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida Toshkent shahrida va Qoraqalpog‘istonning bir qator maqsadli hududlarida monitoring missiyasini o‘tkazdi.
Missiya BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska va loyiha jamoasi bilan loyihaning borishini muhokama qilish va loyihaning ikkinchi bosqichini boshlash uchun uchrashuvdan boshlandi. Tomonlar Qishloqni rivojlantirish rejalarini (QRR), QRR qo'llanmalarini ishlab chiqish bosqichlarini, infratuzilma loyihalari barqarorligi mexanizmlarini, rejalashtirilgan baholashlarni, gender muammolarini va yashil rivojlanishni muhokama qildilar.
Missiya ITB delegatsiyasi rahbari Vaxyu Vijayanto va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi F. Ermanov, Taxiatosh viloyati hokimi v.b. A. Amanov, Nukus viloyati hokimi o‘rinbosari B. Sayipov bilan bir qator uchrashuvlari bilan davom etdi. Tomonlar Qoraqalpog‘istonning maqsadli hududlarida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishning borishi va loyiha tashabbuslarini joylarda amalga oshirishdagi muammolarni muhokama qildilar.
Bundan tashqari, ITB vakillari mahalliy yordamchilar, tashabbuskor guruh vakillari va Taxiatosh va Nukus tumanlarining maqsadli jamoalar faollari bilan uchrashuvda Qishloqni rivojlantirish rejalariga kiritilgan alohida mahallalar infratuzilmasining muammoli jihatlarini muhokama qildilar.
Muhokamalar ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari (bolalar bog‘chalari, umumta’lim maktablari, qishloq vrachlik punktlari), mahalliy yo‘l xo‘jaligi, muhandislik kommunikatsiyalari holati bilan tanishish bilan davom etdi.
Missiya doirasida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri A. Kurbanbaev va mahalliy loyiha institutlari, viloyat qurilish boshqarmalari, shuningdek, tender konsalting markazi xodimlari bilan ishchi uchrashuv o‘tkazildi. Ushbu uchrashuvda mahalliy qurilish va loyihalash tashkilotlarini tanlash tartiblari, loyihalashda energiya tejamkor va kam uglerodli qurilish materiallari va texnologiyalaridan foydalanish yuzasidan fikr almashildi. Mahalliy mutaxassislar salohiyatini oshirish bo‘yicha xalqaro tajribani hisobga olgan holda o‘quv tadbirlarini o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.
ITB missiyani BMTTD hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining Loyihani amalga oshirish guruhi vakillari bilan uchrashuv o’tkazibyakunladi, unda tomonlar qo‘shma qurilish ishlari va investitsiyalar uchun asos bo‘lgan Qishloqni rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha muammolar va tavsiyalarni muhokama qildilar.
Qayd etish joizki, ITB loyihani amalga oshirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining maqsadli qishloqlari uchun 200 million AQSH dollar mablag` ajratmoqda.
Bugungi kunga qadar loyiha doirasida 113 ta Qishloqni rivojlantirish rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, ular to‘rtta pilot hududdagi 600 dan ortiq ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini o‘z ichiga oladi.