BRM uchun soliqlar

Barqaror rivojlanish maqsadlari uchun soliqlar

Loyihaning maqsadi

2021-yilda BMTTD “Barqaror rivojlanish maqsadlari uchun soliqlar” global loyihasini ishga tushirdi. Ushbu yangi tashabbus mamlakatlarga soliq imkoniyatlaridan yaxshiroq foydalanish va Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishish uchun koʻproq ichki resurslarni safarbar qilishga yordam berish uchun moʻljallangan. Samarali soliq amaliyotiga asoslanib, BMTTDning ushbu tashabbusi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotlarining tashqi taʼsirlarga chidamliligini mustahkamlashga, hamda milliy soliq organlari va moliya vazirliklarini soliqdan boʻyin tovlashga qarshi kurashish, soliq va fiskal siyosatni rivojlanish maqsadlariga muvofiqlashtirish boʻyicha koʻnikma va bilimlar bilan jihozlashda yordam beradi.

2022-yilda “Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) uchun soliqlar” tashabbusi 25 mamlakatni qamrab oldi, 2023-yilda qoʻshiladigan mamlakatlar soni sezilarli darajada oshadi. Oʻzbekiston “BRM uchun soliqlar” global loyihasining asosiy fokus davlatlaridan biri. Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston hukumati soliq yukini kamaytirish va soliq maʼmuriyatchiligini optimallashtirish orqali soliqqa tortishni soddalashtirish va takomillashtirish, tadbirkorlik sharoitlarini yaxshilash va iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirishga qaratilgan keng qamrovli soliq islohotini boshladi.

“BRM uchun soliqlar” global loyihasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga (IMV) soliq tizimini BRMga yanada samarali moslashtirish yoʻllarini aniqlashga yordam beruvchi maxsus baholash vositasi ishlab chiqildi. Loyihaning yana bir muhim tarkibiy qismi – BMTTD va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (OECD) qoʻshma tashabbusi boʻlgan va 2015-yildan buyon jahon miqyosida amalga oshirilayotgan “Chegarasiz soliq inspektorlari” (TIWB) dasturi Oʻzbekistonda birinchi boʻlib ishga tushirilishidir. Bundan tashqari, loyiha jamoasi korporativ “Gender tenglik nishoni” (Gender Equality Seal) standartiga erishishda milliy hamkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ish boshladi.

Asosiy maqsadlar

Oʻzbekistonda “BRM uchun soliqlar” tashabbusining asosiy maqsadi soliq siyosati va boshqaruvining Oʻzbekistonda Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiqligiga yerishish uchun rivojlanishni moliyalashtirish va soliqqa tortish oʻrtasidagi aloqani mustahkamlashda Oʻzbekiston hukumatini qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

 

Kutilayotgan natijalar

  1. “BRM uchun soliqlar” tashabbusi Oʻzbekistonda ilgari amalga oshirilmagan TIWB dasturini amalga oshirishda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishishga qaratilgan. Shunday qilib, TIWB missiyasi soliq organlariga soliq tekshiruvlari samaradorligini oshirishga yordam beradi, bu yesa BRM bilan bogʻliq tashabbuslarni moliyalashtirish uchun daromadlarni oshiradi, soliq toʻlovchilar uchun qulay muhit yaratadi va jamoatchilik fikrini yaxshilaydi.

  2. Koʻpgina soliq maʼmuriyatchiligi jarayonlarida allaqachon raqamli texnologiyalardan foydalanilgan boʻlsa-da, soliq xizmatlarini yanada raqamlashtirish uchun imkoniyatlar mavjud va “BRM uchun soliqlar” xalkaro ekspertlari milliy hamkorlarni qoʻllab-quvvatlaydi. Shu bilan birga, loyiha IMV hamkasblariga soliq xarajatlaridan foydalanish siyosatini tahlil qilish, soliq xarajatlarining taʼsiri va samaradorligini baholash va ularni BRM bilan bogʻlash, shuningdek, rivojlanish natijalariga yerishishda yordam beradi.

  3. Gender tengsizligi dunyoning deyarli har bir mamlakati uchun muammo boʻlib, soliqqa tortish erkaklar va ayollar uchun koʻproq gender neytral iqtisodiy natijalarni yaratishda samarali vosita boʻlishi mumkin, shuning uchun “BRM uchun soliqlar” loyihasi Oʻzbekistonga “Gender tenglik nishoni” standartiga erishishda yordam beradi. Nihoyat, loyiha Oʻzbekiston siyosatchilari va ekspertlarini BMT va boshqa xalqaro platformalarda soliqqa tortish boʻyicha global muhokamalarda ishtirok yetishda doimiy ravishda qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.