Farg`ona vodiysida ijtimoiy hamjihatlikni qo`llab-quvvatlash, prognoz va profilaktika
Farg`ona vodiysida ijtimoiy hamjihatlikni qo`llab-quvvatlash, prognoz va profilaktika
PLoyihaning qisqacha tavsifi
BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan moliyalashtirilgan “Farg`ona vodiysida ijtimoiy hamjihatlikni qo`llab-quvvatlash, prognoz va profilaktika” loyihasi O`zbekistonning Farg`ona, Andijon va Namangan viloyatlarida 12 oy davomida (2023-2024) amalga oshiriladi. Loyiha yoshlarni, ayniqsa, yosh ayollarni tez rivojlanayotgan demografik qatlam va mamlakat kelajagi sifatida qoёllab-quvvatlash maqsadida davlat tuzilmalari, mahalliy hokimliklar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
Asosiy maqsadi
Farg`ona vodiysidagi yoshlarni, ayniqsa, yosh ayollar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda teng ishtirok etishlarini ta`minlash uchun qo`llab-quvvatlash, tegishli tashkilotlar va mahalliy hamjamiyatlarning gender masalalari bo`yicha xizmatlar ko‘rsatishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish, hamda ularning yoshlar bilan ijobiy o'zgarishlar tashabbuskorlari sifatida muloqotlarini rivojlantirish.
Kutilayotgan natijalar:
- Yoshlarni ularning fuqarolik faolligini oshirish va ijtimoiy-iqtisodiy inklyuzivligini ta`minlash maqsadida qo`llab-quvvatlash
- Zararli gender stereotiplarini bartaraf etish va ayollar va qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish orqali ijtimoiy hamjihatlikni oshirish