Mediatsiyani tatbiq etishga doir ilg‘or jahon tajribasi yagona kitobda jamlandi
Mediatsiyani tatbiq etishga doir ilg‘or jahon tajribasi yagona kitobda jamlandi
19-May, 2020
Dunyo amaliyotiga ko‘ra, mediatsiya nizolarni suddan tashqari tartibda hal etishning samarali usuli bo‘lib, u vaqt va moliyaviy xarajatlarni tejashda juda as qotadi. Shunisi e’tiborga loyiqki, nufuzli “Doing Business” reytingining “Nizolarni hal etishning muqobil usullari” sub-komponentida ham mediatsiya muhim oʻrin egallaydi.
Shuni inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot dasturining “Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi yoʻlida hamkorlik” qoʻshma loyihasi doirasida “Doing Business” reytingida nizolarni hal etishning muqobil usullarini qoʻllash boʻyicha yetakchi beshta mamlakatda mediatsiyani joriy etish amaliyotining obzori tayyorlandi.
Mazkur tadqiqot Xitoy, Germaniya, Qozog‘iston, Gruziya va Singapurda nizolarni hal etishning muqobil usullarini joriy etish va rivojlantirish tajribasi, shu qatorda mazkur davlatlarga nufuzli reytinglarda maksimal ball olishga imkon bergan chora-tadbirlar (qonunchilik, institutsional va boshqa sohalarni takomillashtirish va rivojlantirish ishlari) tahlilini o‘z ichiga oladi.