Ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishlarni sudlarda ko‘rish amaliyoti haqida tahliliy ma’lumotnoma
Ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishlarni sudlarda ko‘rish amaliyoti haqida tahliliy ma’lumotnoma
30-September, 2024
Ushbu tadqiqot Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida “Rahmdillik” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Ushbu tahliliy ma’lumotnomada ota-onalikdan mahrum qilish sohasidagi qonunchilikni amaliyotda qo‘llanilishini o‘rganish natijalari aks ettirilgan. Mazkur tadqiqot doirasida ota-onalikdan mahrum qilishga oid 217 ta sud qarori o‘rganilgan.
Ushbu tadqiqotni amalga oshirishdan ikkita asosiy maqsud ko‘zlangan: birinchidan, O‘zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining sud amaliyotini tahlil qilish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ikkinchidan esa, ushbu sohadagi qonunchilikni amaliyotda qo‘llanilishi va mavjud muammolarni aniqlash.