O'zbekiston rivojlanishini moliyalashtirish bo'yicha obligatsiyalarning ta'siri va taqsimlanishi to'g'risidagi hisobot
O'zbekiston rivojlanishini moliyalashtirish bo'yicha obligatsiyalarning ta'siri va taqsimlanishi to'g'risidagi hisobot
22-April, 2022
O'zbekiston BMTTD ko'magida so'mda denominatsiyalangan tarixda birinchi davlat obligatsiyalarining taqsimoti va samaradorligi to'g'risida dastlabki Hisobotni chop etdi. “O'zbekiston rivojlanishini moliyalashtirish bo'yicha obligatsiyalarning ta'siri va taqsimlanishi to'g'risidagi hisobot”da davlat obligatsiyalaridan kelayotgan tushumlar turli sohalardagi barqaror rivojlanishni qay tariqa quvvatlayotgani hamda loyihalar Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) qanday qo'llayotgani bayon etilgan.
2020 yilning noyabr oyida O'zbekiston Respublikasida uch yillik 14,5 foizli transhga ega 2 trillion so'mga teng yevroobligatsiyalarni muomalaga chiqargan bo'lib, bu qiymat taxminan 200 million AQSH dollariga teng. Qayd etilganidek, bitimdan olingan foyda 1, 3, 4, 5, 6, 8 va 9-milliy BRMga muvofiq bo'lgan loyihalarni amalga oshirishga yo'naltiriladi. Bu loyihalar munosib mehnat sharoitlarini yaratish, iqtisodiy o'sish, gender tenglik va infratuzilma barqarorligini oshirishni nazarda tutadi.
Bir so'z bilan aytganda, ushbu hisobot O'zbekistonning barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsadlarga erishishga bo'lgan intilishining navbatdagi tasdig'i bo'lib, turli sohalarga ajratilgan mablag'larning ta'siri yuzasidan shaffof ma'lumotni taqdim etadi.