O‘ZBЕKISTONDA TASHABBUSLI BUDJET AMALIYOTI SHARHI

O‘ZBЕKISTONDA TASHABBUSLI BUDJET AMALIYOTI SHARHI

19-July, 2024

O‘zbekiston Respublikasida davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish davom etmoqda, uning muhim yo‘nalishi budjet jarayonini takomillashtirish va yanada rivojlantirish, shu jumladan tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini joriy etish orqali budjet masalalarini hal etishga fuqarolarni keng jalb etishdir.


Xalqaro amaliyotga tayanadigan bo‘lsak, tashabbusli byudjetlashtirish ochiqlik va oshkoralik bilan bir qatorda, fuqarolar ishtirokida budjetlashtirish hisobdorlikni rivojlantirish vositalaridan biri deb hisoblanadi. Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish vositalari qatoriga tashabbusli budjetlashtirishning kiritilishi muhim tendensiyaga aylanib bormoqda.


O‘zbekistonda 2019 yildan fuqarolar ishtirokidagi budjetlashtirish joriy etila boshlandi va shu kungacha ma’lum tajriba shakllandi. Tashabbusli budjetlashtirish qanday joriy etildi, milliy amaliyotning xususiyatlari va muvaffaqiyati qanday, nimalar ustida ishlash kerak? Ushbu savollarga javoblar BMT Taraqqiyot Dasturi ko‘magida tayyorlangan “O‘zbekistonda tashabbusli budjet amaliyoti sharhi” nashrida keltirilgan. Nashrda keltirilgan ma’lumotlar O‘zbekistonda tashabbusli budjetlashtirishni yanada rivojlantirishda hamda tajriba almashish uchun foydali hisoblanadi.

Document Type
Regions and Countries