Uy-joyga kiritib qo‘yish to‘g‘risidagi da’vo ishlarining sudlarda ko‘rish amaliyoti haqida tahliliy ma’lumotnoma

Uy-joyga kiritib qo‘yish to‘g‘risidagi da’vo ishlarining sudlarda ko‘rish amaliyoti haqida tahliliy ma’lumotnoma

30-September, 2024

Ushbu tadqiqot Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida O‘zbekiston Inson huquqlari “Huquqiy tayanch” jamoat birlashmasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Ushbu tahliliy ma’lumotnomada “uy-joyga kiritish” sohasidagi qonunchilikni amaliyotda qo‘llanilishini o‘rganish natijalari aks ettirilgan. Mazkur tadqiqot doirasida “uy-joyga kiritish”ga oid 244 ta sud qarori o‘rganilgan.

Ushbu tadqiqotni amalga oshirishdan ikkita asosiy maqsud ko‘zlangan: birinchidan, O‘zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining sud amaliyotini tahlil qilish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ikkinchidan esa, ushbu sohadagi qonunchilikni amaliyotda qo‘llanilishi va mavjud muammolarni aniqlash.

Authors
Document Type
Regions and Countries
Sustainable Development Goals
Topics