BMTTD Qoraqalpogʻiston qishloq yoshlariga ijtimoiy rejalashtirishni oʻrgatmoqda

4-April, 2022

Surat: BMT TD O'zbekiston, 2022 y.

4 aprel 2022 yil. Qoʻngʻirot tumani, Qoraqalpogʻiston. 29, 31 mart va 4 aprel kunlari Oʻzbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi Boʻzatov, Moʻynoq va Qoʻngʻirot tumanlarida qishloq yoshlarining ijtimoiy rejalashtirish va qaror qabul qilish sohasidagi salohiyatini oshirish boʻyicha treninglar oʻtkazdi. Ushbu tashabbus, shuningdek, joylarda barqaror Rivojlanish Maqsadlarini joriy qilish uchun amunaviy hududlar aholisining ehtiyojlarini oʻrganishga qaratilgan.

90 ga yaqin yoshlar quyidagi maqsadda oʻtkazilgan treninglarda ishtirok etishdi:

  • BMTning global Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM), Milliy BRM va qishloq joylarda BRMlarni mahalliylashtirish toʻgʻrisida xabardorlikni oshirish;
  • Qishloq hamjamiyatlarini tezkor baholash usullari va vositalaridan foydalanish boʻyicha bilim va koʻnikmalarni oshirish;
  • Mahalliy yoshlarga jamiyat muammolarini aniqlash hamda ustuvor vazifalarni belgilashda koʻmaklashish;
  • Qishloq yoshlarining ijtimoiy rejalashtirish va qaror qabul qilish sohasidagi salohiyatini oshirish. 

BRMni amalga oshirishda mahalliy hokimiyat organlari asosiy va amaliy oʻrin tutadi, shuningdek, uchrashuvlarda ta’kidlanganidek, ular Barqaror Rivojlanishning global va milliy Maqsadlarini amalga oshirishga salmoqli hissa qoʻshmoqda. Ishtirokchilar qishloq hamjamiyatlarini tezkor baholash usullari va vositalaridan foydalanish boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻldilar, mahalliy yoshlar ijtimoiy infratuzilma va hamjamiyatlarni raqamlashtirish sohasida, ularni amalga oshirishda muammolarni aniqlash va ustuvorliklarni belgilash uchun oʻz tadqiqotlarini amalga oshirishni oʻrgandilar.

Guruhlarda ishlash shaklida oʻtkazilgan treningning amaliy qismida ishtirokchilar "Qishloq aholisining rivojlanish dasturlari"ni muayyan namunaga binoan toʻldirishni oʻrganib, kelajakda mazkur hujjatbilan ishlay olish yoshlarga ijtimoiy rejalashtirish va qaror qabul qilish jarayonlarida ishtirok etish imkonini beradi.

Treninglar BMTTD, YuNFPA va FAOning "Orolboʻyi hududining yaxshi himoyalanmagan hamjamiyatlaridagi iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligi muammolarni hal qilish uchun yoshlar va zaif aholining moslashuv salohiyatini mustahkamlash orqali ijodiy va innovatsion imkoniyatlarini rivojlantirish" Qoʻshma dasturi doirasida mahalliy hokimliklar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi yoshlar agentligining tuman boʻlinmalari bilan hamkorlikda tashkil etildi.