Ayollarning davlat boshqaruvida ishtirok etishlari

Ayollarning davlat boshqaruvida ishtirok etishlari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi faolliklarini oshirish uchun huquq va imkoniyatlarini kengaytirish

Loyiha xulosasi

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ayollarning ta’lim darajasi va iqtisodiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga yanada kengroq jalb qilish, ayollarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi rolini kuchaytirish, kelgusida oila asosini mustahkamlash  uchun yangi imkoniyatlarni ochdi.

CEDAW Qo‘mitasining O‘zbekiston milliy ma’ruzasini ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha tavsiyalarini amalga oshirish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish yuzasidan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi kontekstida ayollarning jamiyat va davlat ishlari boshqaruvidagi ishtirokini faollashtirish, davlat boshqaruvi tizimiga kirishlari uchun teng imkoniyatlarni taqdim etish, ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish  va ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalarni inson huquqlari sohasiga implementatsiyalash bo‘yicha milliy mexanizmlarni rivojlantirish  maqsadida qonunchilikni kelgusida takomillashtirish maqsadga muvofiqdir.

«Ayollarning davlat boshqaruvida ishtirok etishlari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi faolliklarini oshirish uchun huquq va imkoniyatlarini kengaytirish» – bu O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va BMT Taraqqiyot Dasturi (BMT TD) ning hamkorlikdagi loyihasi.  Loyihaning umumiy maqsadi ayollarning davlat boshqaruvidagi faol ishtirok etishini BMT ning Xotin-qizlar huquqlarini kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiyasi (CEDAW) ga muvofiq oshirish, ayollar huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

Loyiha 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish va ularning davlat va jamiyatni boshqarishdagi rolini kuchaytirish bilan bog‘liq to‘rtinchi ustuvor yo‘nalishini, shuningdek, 2016-2020 yillarda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini hiyla ishonchli himoya qilish to‘g‘risidagi 2016-2020 yillarda rivojlantirish maqsadida O'zbekiston taraqqiyotiga ko'maklashish bo'yicha doiraviy dasturi (YUNDAF) Loyiha doirasidagi dasturlarning 8-sonli Yakuniy natijalarini amalga oshirishga ham ko‘maklashadi.

Kutilayotgan natijalar:

  • Ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotda keng ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadida ularning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish uchun innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, pilotlash va tatbiq etish.
  • Ayollarning huquq va imkoniyatlarini inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalarga muvofiq kengaytirish yuzasidan me’yoriy-huquqiy aktlar va analitik hujjatlarni tayyorlashga ko‘maklashish.
  • Xotin-qizlar qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mintaqaviy bo‘linmalarida ayollarning huquqlari va imkoniyatlarini ilgari surish hamda gender, ya’ni ayollar va erkaklar bo‘yicha statistika olib borishni shakllantirish yuzasidan institutsional potensialni oshirish.

Related Materials

Impact

START DATE

October 2017

END DATE

December 2021

STATUS

Completed

PROJECT OFFICE

Uzbekistan

IMPLEMENTING PARTNER

UZB_Women's Committee

DONORS

Dept of Forgn Afrs Trade & Dev

GOVERNMENT OF LATVIA, REPUBLIC OF

SWEDISH INT'L DEVELOPMENT COOPERATION

UK-Foreign & Commonwealth Off

UNITED NATIONS DEVELOPMENT PROGRAMME

TOTAL CONTRIBUTIONS

$682,667

DELIVERY IN PREVIOUS YEARS

2017$27,428

2018$229,406

2019$102,130

2020$225,880

2021$67,409

Full Project information