Adliya vazirligi va BMT TD Evropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida “O‘zbekistonning qishloq tumanlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” mavzusida hamkorlikdagi loyihani ishga tushirdilar. YAngi tashabbus fuqarolar, ayniqsa, ayollar, bolalar, imkoniyati cheklangan shaxslar, keksa yoshdagi odamlar va qishloq joylarida yashovchi shaxslar kabi himoyaga muhtoj aholi guruhi uchun davlat xizmatlarining mavjudligi va ulardan foydalanish huquqi masalalarini hal qilishga yo‘naltirilgan.
Davlat boshqaruvini isloh qilish bo‘yicha hamkorlikdagi loyiha o‘z faoliyatini 2019 yil iyulidan boshlaydi va 2024 yilning dekabriga qadar davom ettiradi. Byudjetning umumiy hajmi 9 mln. 955 ming yevroni tashkil etadi.
Quyidagilar hamkorlikdagi loyihaning asosiy yo‘nalishlari qilib belgilandi:
· Davlat xizmatlari Agentligi, Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari markazi orqali davlat xizmatlarini taqdim etish sohasida siyosatga reaksiya qilish uchun ishlab chiqish, rejalashtirish, amalga oshirish va nazorat qilish sohasida boshqa jalb qilingan tashkilotlarning institutsional potensialini mustahkamlash;
· pilot mintaqalarda xizmatlarni taqdim etishning namunaviy modellarini qo‘llab-quvvatlash uchun davlat xizmatlarini “bitta darcha” orqali ko‘rsatish mexanizmlari barqarorligini ta’minlash hamda aholining ishonchini oshirish maqsadida Davlat xizmatlari Markazidan eng kam miqdorda beshtasining texnik potensialini rivojlantirish;
· pilot mintaqalarda himoyaga muhtoj guruhlar qiziqishlari va ehtiyojlarini hisobga olishni ta’minlash maqsadida mahalliy hukumat organlarida keng ishtirok etish asosida rejalashtirish tizimini joriy qilish va qo‘llab-quvvatlash.
Bu yo‘nalishlarni amalga oshirish doirasida markaziy va mahalliy darajada davlat xizmatlarini taqdim etishning me’yoriy-huquqiy va siyosiy asoslari obzorini o‘tkazish, xizmatlarni taqdim etish sifat darajasini va ularni maqbullashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishni baholash, davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat organlarining funksional tahlilini olib borish, katta ma’lumotlar bilan bog‘liq bo‘lgan tahliliy jihozlarni tatbiq etish, shuningdek, taqsimlangan reestr (joriy nomi “blokcheyn”) texnologiyalariga asoslangan qarorlarni pilotlash rejalashtiriladi.
Shuningdek, Loyiha mamlakatda mahalliy boshqaruv tizimining shaffofligini oshirish, ma’lumotlarning ommabopligi va qaror qabul qilish jarayonida barcha tomonlarning ishtirokini kengaytirishga ko‘maklashadigan hisobotdorlikning turli-tuman mexanizmlarini qo‘llab-quvvatlash vositasida fuqarolarning jalb etilishini kuchaytirishga yo‘naltirilgan.
Loyiha davlat xizmatlarini taqdim etish mexanizmlarini takomillashtirgancha qishloq tumanlarida ayollar, yoshlar va bolalar, keksa odamlar va imkoniyati cheklangan insonlar kabi aholining himoyaga muhtoj qatlamining turmush sifatini ularning xizmatlardan foydalanish huquqini kengaytirish va taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yo‘li bilan yuksaltirishga ko‘maklashadi.