Toshkentdagi “Mamlakatning demokratik yangilanishi hamda modernizatsiyasida ayollarning roli: Oʻzbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot” mavzusida xalqaro konferentsiyaning 30-dan oshiq xalqaro xotin-qizlar tashkilotlaridan tashrif buyyugan 200-dan ortiq ishtirokchilari gender masalalari tengligini taʼminlash, ayollarning rolini oshirish va davlat boshqaruvida imkoniyatlarni kengaytirish, bandlikni kengaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va ayollarning ijtimoiy himoyasini taʼminlashga qaratilgan keng koʻlamli masalalarni muhokama qildilar.
2017-2021 yillarga moʻljallangan harakatlar strategiyasida ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, davlat va jamiyatdagi rolini kuchaytirish, ayollarni ishga joylashtirish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlikka keng jalb etish va oila poydevorini yanada mustahkamlash belgilangan.
Davlat boshqaruvida xotin-qizlarning rolini oshirish ham milliy barqaror rivojlanishining asosiy elementlaridan biridir. 2018 yil 20 oktyabrda Oʻzbekiston hukumati 2030 yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish boʻyicha "milliy maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" qaror qabul qildi. 5.5. Vazifasi – "xotin-qizlarning toʻla va samarali ishtirok etishi va ular uchun siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda qaror qabul qilishning barcha darajalarida rahbarlik qilish uchun teng imkoniyatlarni taʼminlash" zarurligini taʼkidlaydi.
"Rahbarlik mavqeidagi ayollarning muhim vazni mavjudligi barcha mamlakatlarda jamiyatlarning ijobiy rivojlanishiga olib kelgan. Shunday qilib, jahon amaliyoti shuni koʻrsatib turibdiki, davlat boshqaruvida ayollarning vakolatini oshirish qonunchilikning gender omillarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishiga olib keladi, ayollarning siyosatda qatnashuvi ayollarning kundalik muammolari ham parlament muhokamalarida oʻsib borishini koʻrsatadi. Shu tarzda, davlat boshqaruvida ayollarning vakolatlarini kengaytirish ayollarning manfaatlarini himoya qilishni yaxshilaydi", – dedi BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzer.
"Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirilmoqda, turli sohalarda ayollar oʻz iqtidor va qobiliyatlarini namoyish etishmoqda, ularning huquq va qonuniy manfaatlari qonuniy himoyasi taʼminlanmoqda va oila institutini mustahkamlash boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda", – dedi Bosh vazir oʻrinbosari Tanzila Narbayeva, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi.
Munozaralardan keyin konferentsiya qatnashchilari xotin-qizlar kam ishtirok etadigan yoki umuman ishtirok etmaydigan sohalarda ayollar sonini koʻpaytirish boʻyicha strategiyani ishlab chiqishga kelishdilar.
Konferentsiya qatnashchilari qizlar va nogiron ayollar uchun ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish, tadbirkorlikni rivojlantirish tajribasini oʻrganish, ayollarning badiiy, ilmiy, texnik va milliy ijodkorligini oʻrganish, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va asosiy tashkilotlar oʻrtasida hamkorlikni muhokama qilish va memorandumlarni imzolash zarurligini eʼtirof etdi.
Xalqaro konferentsiya Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda, BMTning Oʻzbekistondagi Taraqqiyot dasturi, F.Ebert fondining (Germaniya) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, EXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi, YuNISEF va YuNFPAning Oʻzbekistondagi vakolatxonalari xalqaro hamkorlari yordamida tashkillashtirildi.