“O‘zbekiston yetakchi ayollari kokusi” ish boshladi
21-June, 2022
2022-yil 21-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston. Bugun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi O‘zbekiston Respublikasi Senati bilan hamkorlikda ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, gender tengligi, ayollarning yetakchilik qobiliyatini oshirish, erkaklar va ayollar o‘rtasidagi tenglik masalalari bo‘yicha jamoatchilikni xabardor qilish, O‘zbekiston gender tengligi milliy strategiyasi doirasidagi islohotlarni keng jamoatchilikni bilan muhokama qilish maqsadida “O‘zbekiston yetakchi ayollar kokusi”ni ishga tushirdi.
“O‘zbekiston yetakchi ayollari kokusining asosiy maqsadi xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashish va yetakchi ayollar mavqeini kengaytirish, ularning yetakchilik qobiliyatini oshirish va yosh qizlarni yetakchilik rollariga tayyorlashdan iborat. Forum, shuningdek, mamlakatdagi gender tenglik muammolarini hal qilish uchun 14 hududda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan 180 dan ortiq ayollarni birlashtirishni maqsad qilgan. Kokusning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- har bir hududda ayollarning tadbirkorlik, ilm-fan, axborot texnologiyalari, sport va ommaviy axborot vositalarida ishtirok etishidagi asosiy to‘siqlarni aniqlash;
- nogironligi bo’lgan yetakchi ayollarni qo'llab-quvvatlash;
- gender asosidagi zo'ravonlik va tengsizlikni kuchaytiruvchi gender stereotiplari va zararli ijtimoiy normalarni bartaraf etishga hissa qo'shish;
- har bir hududda xotin-qizlar maqomini barqaror yaxshilashga ko‘maklashish bo‘yicha davlat organlari uchun dasturlar, harakatlar rejalari va tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadbirning birinchi yarmida milliy kokus vakillari mahalliy vaziyat, mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari, shuningdek, O‘zbekiston hududlarida amalga oshirilayotgan bir qator muvaffaqiyatli loyihalar haqida umumiy ma’lumot berdi.
Kunning ikkinchi qismida ishtirokchilar guruhlarga bo‘linib yillik ish rejasini ishlab chiqdilar, har bir sohaga oid takliflar bo‘yicha fikr almashdilar.
“Milliy yetakchi ayollar kokusi ertangi kunning yosh yetakchilari kasbiy mahoratini oshirish va imkoniyatlarini kengaytirishni qoʻllab-quvvatlash tarmogʻini yaratish orqali ayollar ovozini kuchaytirish borasida muhim rol oʻynaydi. Kokus barchamiz uchun, ayollar va qizlar uchun zarur bo'lgan barqaror kelajakni yaratadi, ular oldingi saflarda bo’lishlari kerak va ular yo'lni ocha oladilar”, - deb ta’kidlab o’tdi o’z videomurojaatida BMTTD maʼmuri yordamchisi, Yevropa va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi boʻyicha Mintaqaviy byuro direktori Mirjana Spolyarik Egger,
Ayni damda O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va MDH boʻyicha mintaqaviy byurosi direktori o‘rinbosari Marina Valter “Hozir O‘zbekiston gender tengligini mustahkamlash yo’nalishida Tanzila Narboeva xonim timsolidagi gender sohasidagi o’ta kuchli chempion bilan juda qiziqarli islohotlar yo‘lidan bormoqda. Kokus ayollarning kundalik hayotiga va ularning imkoniyatlariga o'zgarishlar kiritadi. Bu mamlakatda gender tengligi ilgari qadam tashlash uchun katta imkoniyatlarga ega”.
Tadbir davomida ishtirokchilar xotin-qizlarga ko‘maklashish borasidagi yangicha yondashuvlar, g‘oya va tashabbuslar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, innovatsiyalar, xotin-qizlarning siyosiy jarayonlarda faol ishtirokini ta’minlash, bu jarayonlarda yetakchi ayollarning o‘rni xususida fikr almashishdi.
Tadbir yakunida Milliy kengashning istiqboldagi ish rejasi qabul qilindi.