[YAKUNLANGAN] Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rolini oshirish

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rolini oshirish uchun fuqorolik makonini, ayollar va yoshlarning ovozini mustahkamlash

Loyihaning maqsadi:

“O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rolini oshirish uchunfuqarolik makonini  va ayollar va yoshlarning ovozini mustahkamlash” loyihasi BMT Taraqqiyot DasturiningO‘zbekistondagi vakolatxonasi va O‘zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurash agentligi hamkorligidaamalga oshirilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadlari Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashishagentligining (Agentlik) oʻz vakolatlarini amalga oshirish uchun normativ-huquqiy va institutsional salohiyatinirag’batlantirish (shu jumladan, qonun hujjatlarini ishlab chiqish, siyosat va strategiyalarni ishlab chiqish, korrupsiyaga qarshi kurash strategiyalari ijrosini taʼminlash, korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyichastrategiyalarni boshqarish va monitoring qilish mol-mulk deklaratsiyasi tizimi), shuningdek, Agentlik va boshqadavlat organlari ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradigan korruptsiyaga qarshi nazorat qiluvchiorganlar sifatida fuqarolik jamiyati tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik guruhlaridan iboratkorruptsiyaga qarshi fuqarolik makonida halollikka bo'lgan talabni shakllantirishga ko'maklashish. Barchafaoliyatda gender tengligini ta’minlash va xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, xususan, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratiya va korruptsiyani kamaytirishga qaratilgan innovatsion yechimlarniqo‘llash, davlat xizmatiga ishga qabul qilishda kamsitishlarga yo‘l qo‘ymaslik, gender ajratilgan ma'lumotlardanfoydalanish, genderga yo'naltirilgan byudjetlashtirish; va jamoatchilik bilan maslahatlashishga yanada inklyuzivyondashish, ma'lumotlar jurnalistikasini targ'ib qilish va ma'lumot tarqatuvchilarni himoya qilish vositalarigaalohida e’tibor qaratilmoqda.

Asosiy maqsadlar:

O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining (O‘zbekiston) o‘z vakolatlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy va institutsional salohiyatini mustahkamlashga ko‘maklashish. Agentlik va boshqa davlat organlari ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradigan korruptsiyaga qarshi nazorat qiluvchi organ sifatida fuqarolik jamiyati tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, jamoat guruhlaridan iborat korruptsiyaga qarshi fuqarolik makonida halollikka bo'lgan jamoatchilik talabini shakllantirishni qo'llab-quvvatlash.

Kutilayotgan natijalar:

  • Korruptsiyaga qarshi milliy inklyuziv va gender-sezgir siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda Agentlikning siyosat ishlab chiqish roli va imkoniyatlari yaxshilanadi.
  • Davlat organlari, shu jumladan Agentlik ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, qarorlar qabul qilishda ishtirok etishni oshirish; korruptsiyaga qarshi faol kurashayotganlarni himoya qilish; korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish maqsadida aholining keng xabardorligini ta’minlash uchun ayollar, yoshlar, keksalar va nogironlarning fuqarolik faolligi oshiriladi va kuchaytiriladi.

Bu orqali korrupsiyaga qarshi kurash milliy tizimlarining shaffofligi, hisobdorligi va inklyuzivligi oshiriladi.

Impact

START DATE

November 2021

END DATE

November 2022

STATUS

Completed

PROJECT OFFICE

Uzbekistan

IMPLEMENTING PARTNER

UZB_Anticorruption Agency

DONORS

UNDP Funding Windows

TOTAL CONTRIBUTIONS

$224,000

DELIVERY IN PREVIOUS YEARS

2022$221,803

2023$56

Full Project information