Gender tenglik
O‘zbekiston Respublikasida gender tengligiga erishish strategiyasini amalga oshirish va gender tenglikka erishish
Loyihaning maqsadi:
Gender tengligi va xotin-qizlar imkoniyatlarini yanada kengaytirish, sohasidagi tizimli o‘zgarishlarni ilgari surish uchun jamiyatda mustahkam o‘rnashib olgan stereotiplar va me'yorlarni o‘zgartirish maqsadga muvofiq.
Buning uchun quyidagilar muhim ahamiyatga ega:
1) huquqiy va ijtimoiy normalar va qoidalarni o‘zgartirish.
2) ayollarning iqtisodiy va intellektual mustaqilligini oshirish,
3) ma'lumotlarni to‘plash va monitoring qilish tizimini takomillashtirish.
Loyihaning asosiy hamkori O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi hisoblanadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Xotin-qizlar va oila masalalari qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Davlat statistika qo‘mitasi, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy qo‘mita, Ombudsman, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Kutilayotgan natijalar:
2025 yilga kelib yoshlar, ayollar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari turmush sharoitlari yaxshilanadi, munosib mehnat va keng qamrovli hamda adolatli iqtisodiy o‘sish natijasida yaratilgan imkoniyatlardan bahramand bo‘ladilar , ayollar, yoshlar va chekka qishloqlar aholisi yaxshi malaka, barqaror ish o‘rinlari va mustahkamlangan turmush sharoitlaridan foydalanadi.
Asosiy maqsadlar:
Loyihaning umumiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida gender tengligiga erishish strategiyasini amalga oshirishga ko‘maklashish shu jumladan:
- Qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish, xabardorlikni oshirish va yetakchi ayollar huquqlarini kengaytirish orqali gender stereotiplarni bartaraf etish;
- Xotin-qizlari ish bilan ta'minlash imkoniyatlarini kengaytirish, STEM tashabbuslarini ilgari surish orqali ularning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari va imkoniyatlarini yaxshilash;
- Ma'lumotlarni to‘plash va tahlil qilish metodologiyalarini ishlab chiqish va buning uchun maxsus raqamli vositalarni yaratish orqali ayollarning ijtimoiy va ijtimoiy-iqtisodiy ishtiroki, gender zo‘ravonlik to‘g‘risidagi ma'lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va muntazam monitoring qilish tizimini takomillashtirish. BMTning ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiyasi (CEDAW) qoidalari yaratish.