BMTTD delegatsiyasi terrorizm qurbonlariga bag'ishlangan birinchi global Kongressda ishtirok etdi
12-September, 2022
8-9 Sentabr, Nyu -York shahri, BMTning bosh qarorgohi - BMTTDning O'zbekistondagi vakolatxonasi delegatsiyasi Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterrish hayrihohligida tashkil etilgan terrorizm qurbonlariga bag'ishlangan Global Kongressda ishtirok etdi. Tadbir Birlashgan Millatlar Tashkilotining terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan tashkillashtirilgan bo`lib, a`zo davlatlar, terrorizm qurbonlari, fuqarolik jamiyati, olimlar, ekspertlar va xususiy sektorga terrorizm qurbonlarining huquqlari va ehtiyojlari bilan bog`liq asosiy masalalar yuzasidan muloqot va o'zaro hamkorlik qilish imkoniyatini berdi.
Delegatsiya a`zolari mazkur tadbirda "Osiyoda zo`ravon ekstremizmga qarshi barqarorlikni kuchaytirish"(STRIVE ASIA) - global loyihasi doirasida ishtirok etdilar. Ushbu loyiha Yevropa Ittifoqi va BMTning hamkorligida amalga oshirilayotgan bo`lib, uning asosiy maqsadi manfaatli tomonlarni, shu jumladan hukumatni, fuqarolik jamiyati va xususiy sektorni Markaziy, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda zo`ravon ekstremizmning oldini olish va unga qarshi kurashishda qo`llab-quvvatlashga qaratilgan.
BMTTD ushbu loyiha doirasida O'zbekiston hukumatini "2021-2026 yillarga mo`ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo`yicha milliy strategiyasi" ni amalga oshirishda ko`mak berishga maqsad qiladi va bunda asosiy urg`u mahallalarda ushbu yo`nalishda olib borilayotgan qaror qabul qilishning ijtimoiy inklyuziv jarayonini takomillashtirish, ekstremizm profilaktikasi va ijtimoiy reintegratsiya masalalari bo`yicha loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish, fuqarolarning mazmunli ishtiroki, aholining xabardorligi va hushyorligini oshirish va odamlarning tushuncha va bilimlarini kengaytirish kabi faoliyatlarni qo`llab-quvatlashga beriladi.
Shu bilan birga, mazkur Kongress Delegatsiyaga BMTTDning O'zbekistondagi Vakolatxonasi tomonidan mojaroli hududlardan qaytgan shaxslar va ularning oila a`zolarining ijtimoiy reintegratsiya va reabilitatsiyasi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlari haqida jahon hamjamiyatini habardor qilish imkoniyatini taqdim etdi.