BMTTD va Toshkent shahar hokimligi ayollar va qizlar uchun xavfsiz ko‘chalarga chorlovchi devoriy surat yaratdi

21-December, 2023
Fotosurat: BMTTD O‘zbekistonda

Toshkent, 20-dekabr, 2023-yil. BMT Taraqqiyot dasturi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan Toshkent shahridagi Alisher Navoiy teatri va Markaziy univermag yonidagi yer osti yo‘lakchasida devoriy surat ochildi. Bu devoriy surat O'zbekistonda barcha, shu jumladan nogironligi bor, qizlar va ayollar uchun xavfsiz ko'chalarni yaratishga chaqiradi. Devorga qo'shimcha yoritish va videokuzatuv kameralari hamroh bo'lib, yaxshi yoritilgan, inklyuziv va himoyalangan ko'chalar konsepsiyasini targ'ib qiladi.

Fotosurat: BMTTD O‘zbekistonda

2023-yil 12-aprelda O‘zbekistonda ayollarga nisbatan ta’qiblarni javobgarlikka tortuvchi qonun qabul qilingan bo‘lib, bu mamlakatning gender tengligi va ayollarni gender asosidagi zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadiga bo‘lgan sodiqligini namoyish etadi.

2022-yil mart oyida BMTTD xavfsiz koʻchalarni yaratishga qaratilgan “Umidani chaqiring” tashabbusini NeMolchi.uz axborot koʻmagida boshladi. Rasmiy ishga tushirilganidan beri “Umidani chaqiring” tashabbusi ko‘chada tazyiqlarga duch kelganda ayollar va bolalar vaqtinchalik boshpana topishlari mumkin bo‘lgan 300 dan ortiq xavfsiz joylar tarmog‘iga aylandi.

Fotosurat: BMTTD O‘zbekistonda

“Umidani chaqiring” korporativ ijtimoiy mas’uliyatga asoslangan ixtiyoriy alyans bo‘lib, xususiy sektorni qamrab oladi va Toshkent va mamlakatimizning boshqa shaharlaridagi ko‘plab kompaniyalar ushbu tashabbusga faol qo‘shilmoqda. Yirik supermarketlar tarmoqlari, restoranlar, dorixonalar tarmoqlari, kovorking markazlari va oliy ta’lim muassasalari bu maqsadni qo‘llab-quvvatlash uchun yig‘ilib, xavfsizroq shahar muhitini yaratish bo‘yicha jamoaviy majburiyatni namoyish etishdi.

Fotosurat: BMTTD O‘zbekistonda

Butun dunyoda keng tarqalgan muammo bo‘lgan ko‘cha tazyiqlari ko‘pincha ayollar huquqlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladi va bugungi kunda rasman e’lon qilingan devoriy rasm ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha milliy va xalqaro sa’y-harakatlarga mos keladi va hech kimni ortda qoldirmaydigan yanada adolatli, inklyuziv va farovon jamiyatlar, qurish uchun chaqiriqdir.

O‘zbekiston ko‘chalar xavfsizligini yaxshilash bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yayotgan bir paytda BMT Taraqqiyot Dasturi hukumatning bu boradagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.

Fotosurat: BMTTD O‘zbekistonda

Ushbu devoriy surat BMTning UNPRPD jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan “O‘zbekistonda nogironligi bo'lgan bolalar, yoshlar va ayollarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning inson huquqlariga asoslan yondashuv asosida transformatsiyasi” qo‘shma dasturi, va Finlyandiya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan “O‘zbekistonda qonun ustuvorligini mustahkamlash va inson huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish” loyihasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.