Favqulodda vaziyatlarda gender omillarining ahamiyati
15-November, 2022
2022 yil 7-8 noyabr kunlari "O'zbekistonda iqlim o'zgarishi natijasida yuzaga keladigan xavfli tabiiy hodisalarga nisbatan hamjamiyatlarning chidamliligini oshirish uchun kompleks erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish" loyihasi doirasida o’tkazilgan "Gender tengligi iqlim o'zgarishi sharoitida" mavzusidagi ikki kunlik seminar ishtirokchilarga turli tabiiy ofatlar hamda atrof-muhit xavf-xatarlarini bartaraf etishda gender omillarini inobatga olish qanday ahamiyatga egaligi bilan tanishtirdi.
Erkaklar va ayollar favqulodda vaziyatda har-hil yo’l tutishadi, shuning uchun atrof-muhit xavf-xatarlari ta'sirini yumshatish va tabiiy ofatlar xavfining oldini olishga qaratilgan harakatlarda gender jihatlarining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak. Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV), Gidrometeorologiya xizmati markazi (O’zgidromet) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD)ning "O'zbekistonda iqlim o'zgarishi natijasida yuzaga keladigan xavfli tabiiy hodisalarga nisbatan hamjamiyatlarning chidamliligini oshirish uchun kompleks erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish" qo’shma loyihasi Oʻzbekistondagi iqlim oʻzgarishi sababidan paydo boʻlgan xavf-xatarlar uchun koʻp xavfli erta ogohlantirish tizimining samaradorligi va qamrovini oshirishga qaratilgan. Trening davomida FVV hamda BMT agentliklarining va loyihalarning xodimlari gender omillarining har bir loyihani amalga oshirishda qanday kiritishni va bu nima uchun muhimligini o'rgandi.
Ikki kun mobaynida trening qatnashchilari nafaqat gender tengligiga yo’naltirilgan siyosatni qo’llashdagi qiyinchiliklar va foydaliklar haqida ma'lumot olishdi, balki favqulodda vaziyatlar kontekstida gender tenglik printsiplarini amalga oshirish bo’yicha muammolar haqida o'z fikrlarini va qarashlarini baham ko'rish imkoniyatiga ham ega bo'lishdi.
"Men ilgari favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda ayollarning nuqtai nazarini muhimligiga e'tibor qaratmagan edim," - aytdi Ulug'bek Djurabayev, Telekommunikatsiya, ogohlantirish va axborot bo'limi boshlig'i. – "Ushbu seminar menga tabiiy ofatlarning ta’sirini yumshatish yoki oldini olish operatsiyalarida ayollarning ishtirok etishi jamoaga qanday foyda keltirishi mumkinligini tushunishga yordam berdi."
Ishtirokchilar orasida aholining zaif guruhlari, shu jumladan jismoniy imkoniyatlari cheklangan shaxslar, bilan ishlaydigan FVV vakillari ham bor edi – bu qo'ng'iroqlar markazi operatorlari, ular murojaatlar qabul qilganda imo-ishora tilida ham video aloqa orqali muloqot qilishlari yo xabar yuborishlari mumkin.
"Gender jihatlari faoliyatimizning asosiy yo'nalishi sifatida ko'rib chiqilmasa-da, ayollarning barcha sohalarda faol ishtiroki mamlakatning rivojlanishida muhim o'rin tutadi," - deydi FVV tarkibidagi kichik hajmli kemalar bo'yicha inspeksiyasining bosh mutaxassisi Saodat Adelova. – "Seminarda qatnashganimdan so'ng gender omillarini ta'minlashga qaratilgan barcha harakatlar va ushbu kontseptsiyani nimaga qo'llash zarurligi haqida to'liq tasavvurga ega bo'ldim."
Shuni ta'kidlash kerakki, Yаshil iqlim jamg‘armasi tominidan moliyalashtirilgan "O'zbekistonda iqlim o'zgarishi natijasida yuzaga keladigan xavfli tabiiy hodisalarga nisbatan hamjamiyatlarning chidamliligini oshirish uchun kompleks erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish" loyiha quyidagi barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishishga hissa qo'shadi - barqaror shaharlar va hamjamiyatlar rivojlantirishga qaratilgan 11chi BRMga va iqlim o’zgarishiga qarshi harakatlarni kuchaytirish bo’yicha 13chi BRMga.
BMTTD 170ga yaqin mamlakatlar va hududlarda faoliyat koʻrsatib, aholilining turmush darajasini oshirish, tengsizlikka barham berish va inklyuziv jamiyatni yaratishga yordam beradi. Biz davlatlarga rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish, hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish, institutsional salohiyatni shakllantirish va taraqqiyot natijalarining barqarorligini oshirishga koʻmaklashamiz.