Yaponiya Orolbo‘yi mintaqasida iqlimga chidamli qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlaydi: barqaror rivojlanish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha o‘quv safari

8-November, 2024
a group of people posing for a photo

Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

Tokyo, Yaponiya, 8-15-oktyabr, 2024-yil. Hukumat amaldorlari, BMTTD vakillari va O‘zbekistonning asosiy manfaatdor tomonlaridan tashkil topgan delegatsiya, Yaponiya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan "Iqlimga chidamli qishloq xo‘jaligi orqali Orolbo‘yi mintaqasida barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash loyihasi" doirasida 8-15-oktyabr kunlari Yaponiyaga texnik o‘quv safari o‘tkazdi. Sayohatdan maqsad Yaponiyaning ilg‘or qishloq xo‘jaligi texnologiyalari, suvni boshqarish amaliyoti va Orolbo‘yi mintaqasidagi aholi duch keladigan muammolarni hal qilish uchun barqaror rivojlanish tashabbuslari bilan tanishish edi.

Dunyodagi eng zaif ekotizimlardan biri bo‘lgan Orolbo‘yi mintaqasi iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi va atrof-muhitning yomonlashuvidan jiddiy zarar ko‘rgani barchamizga ma’lum. Ushbu qiyinchiliklarga javoban, loyiha iqlimga chidamli qishloq xo‘jaligi amaliyotini va innovatsion ijtimoiy infratuzilmani joriy etish orqali mahalliy jamoalarning o‘zini o‘zi ta’minlashini oshirishga harakat qilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘ jaligi vazirining o‘rinbosari Janob Alisher Shukurov qishloq xo‘jaligining fuqarolar farovonligini oshirishda, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda, ish o‘rinlari tashkil etish va barqaror milliy rivojlanishga ko‘maklashishdagi muhim rolini ta’kidladi. Uning aytishicha, bilim va tajriba almashishga imkon beradigan bunday o‘quv safarlar O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tizimini mustahkamlashda hal qiluvchi rol o‘ynab, mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirishga, qishloq xo‘jaligi amaliyotini takomillashtirishga va mamlakatning qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va barqarorlikni ta’minlashni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.

a group of people standing outside of a building

Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakilasi Akiko Fujii xonim qishloq xo‘jaligiga suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish muhimligini ta’kidladi. Uning aytishicha, bu masala O‘zbekistonda Markaziy Osiyoda suv resurslarining cheklanganligi va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq global muammolar tufayli tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Suvni samarali boshqarish qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishi uchun juda muhimdir, ayniqsa suv tanqisligi tobora ko‘proq tashvishga soladigan mintaqada. Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish orqali O‘zbekiston barqaror qishloq xo‘jaligi amaliyotini ta’minlashga, suvdan foydalanish samaradorligini oshirishga va iqlim o‘zgarishi ta’siriga chidamliligini oshirishga yordam berishi mumkin.

O‘quv safari davomida ishtirokchilar Yaponiyadagi bir nechta tegishli muassasalarga tashrif buyurib, ekologik sharoiti Orolbo‘yi mintaqasiga o‘xshash hududga samarali ekanligi isbotlangan texnologiya va metodologiyalarni kuzatish va o‘rganish uchun tashrif buyurishdi. Bular:

  • Fujimin organik o‘g‘it texnologiyasi: ishtirokchilar Yaponiyada yuqori konsentratsiyali "Fujimin" fulvik kislotali o‘g‘it tuproq holatini yaxshilash va hosildorlikni oshirish uchun sho‘rlangan va qirg‘oq tuproqlarida qanday ishlatilishini ko‘rib chiqdilar. Xususan, delegatsiya Kyoto prefekturasidagi qishloq xo‘jaligi yerlariga tashrif buyurib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot va bilim almashdi. 

  • Bir qishloq - bir mahsulot yondashuvi (OVOP): hamjamiyatlarning mahalliy manbalardan foydalangan holda noyob, yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan OVOP tashabbusi mahalliy brendlarni rivojlantirish va biznes imkoniyatlarini yaxshilash uchun namuna sifatida ko‘rib chiqildi. OVOP mahsulotlari Chiba prefekturasining Shiray shahri va Kyoto prefekturasining Ohara tumanida taqdim etildi.

  • “Johkasou” suv tozalash tizimi: delegatsiya ekologik toza suvlarni tozalash tizimi bo‘lgan Johkasou texnologiyasidan foydalanadigan obyektlarga tashrif buyurdilar. Bu tizim ayniqsa Orolbo‘yi mintaqasi kabi suv tanqisligi bo‘lgan hududlarda juda dolzarbdir. Chiba prefekturasidagi "Terao Litech Central Asia" vakili tomonidan Johkasou zavodiga tashrif uyushtirilib, ishtirokchilar u yerdagi suvlarni tozalash tizimini ko‘rib chiqdilar. 

  • Kaizen biznesini rivojlantirish: Yaponiyaning doimiy takomillashtirish falsafasi bo‘lgan Kaizenga e’tibor mahalliy korxonalar o‘zlarining mahsuldorligi, barqarorligi va raqobatbardoshligini qanday oshirishi mumkinligini ko‘rsatadi. Kaizenning ajoyib namunalari Aichi prefekturasidagi "Noritsuisu" kompaniyasi vakillari tomonidan taqdim etildi, u yerda delegatsiya zavod bo‘ylab sayohat qilib, turli xil stullarni ishlab chiqarish tizimi bilan tanishishga muvaffaq bo‘ldilar. 

  • Barqaror qishloq xo‘jaligi va suvni tejaydigan texnologiyalar: delegatsiya shuningdek, atrof-muhitga minimal ta’sir ko‘rsatgan holda energiya va suvdan samarali foydalanishga imkon beradigan innovatsion dehqonchilik usullarini ham o‘rganib chiqdilar.

Ushbu tashrif davomida olingan bilim va tajriba O‘zbekistonda mahsuldorlikni oshirish, mahalliy hamjamiyatlarni qo‘llab-quvvatlash va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan siyosat va tashabbuslarni ishlab chiqishga yordam beradi.

Loyiha haqida:

BMTTDning “Iqlimga chidamli qishloq xo‘jaligi orqali Orolbo‘yi mintaqasida barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash loyihasi" Yaponiya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan bo‘lib, 2023-2025 yillarda amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog‘istonning eng zaif hududlarida yashovchi aholining iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizligi bilan bog‘liq muammolarini bartaraf etishga qaratilgan va ular Orol dengizidagi inqirozni bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston hukumatining siyosati va strategiyalariga to‘liq mos keladi.