Muallif: Bekzat Anarbekov
Sharafat hikoyasi: Energiya samaradorligi va qayta tiklanadigan energiya hayotni o'zgartirishi mumkin
28-March, 2023
Energiya iqlim muammosining sababchilaridan biridur, lekin ayni paytda energiya iqlim o’zgarishi muammosi hal qilishnishida asosiy vosita bo'lishi ham mumkin. Misol uchun, issiqxona gazlarining katta qismi, elektr va issiqlik ishlab chiqarish uchun qazilma yoqilg'ilar yoqilishi natijasida hosil bo’ladi. Qazib olinadigan yoqilg'ilarning yoqilisgi global iqlim o'zgarishiga eng katta hissa qo'shuvchi omildir, ular global issiqxona gazlari chiqindilarining 75 foizidan ortig'ini va barcha karbonat angidrid chiqindilarining qariyb 90 foizini tashkil qiladi. Ilmiy tadqiqotlar natijalari shuni ko'rsatmoqdaki, iqlim o'zgarishining eng og’ir oqibatlarinining oldini olish uchun 2030 yilgacha atmosferaga chiqariladigan tashlanmalarni deyarli ikki baravar kamaytirish va 2050 yilgacha nolga yetkazish kerak. Aks holda, sayyoramizni saqlab qolish uchun juda kech bo'lishi mumkin.
Sharafat 2021-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Amudaryo tumanida ipoteka dasturi asosida “qishloq uy-joylarini qurish” davlat dasturi bo‘yicha xonadon sotib oldi.
“Men doim Amudaryo viloyatida turmush sharoitilari katta shaharlardagidek yaxshi, farzandlarim uchun qulay muhitda ega xonadonim bo‘lishni orzu qilardim,”- deydi Sharafat, nega hovli uydan ko’p qavatli xonadonga ko‘chib o‘tgani haqidagi savolimga.
“Qurilish ishlari tugagach, yangi xonadonlarga ko‘chib o‘tishga ruxsat berilganida, xonadon doim issiq, eng muhimi, elektr quvvati hech qachon uzilmasligi meni hayratga soldi”.
“Energiya tejamkor va kam uglerodli uylar” degan iborani birinchi marta o’shanda eshitganman, – deydi Sharafat.
“Yashil energiyadan foydalanayotganimga ikki yil bo‘ldi va ishonch bilan ayta olamanki, bu nafaqat mening, balki farzandlarimning ham hayotini o‘zgartirib yubordi. Bolalarning darslarni o’zlashtirishlari yaxshilandi, chunki quyosh panellaridan olinadigan barqaror elektr quvvati tufayli farzandlarim bilan uyda qo’shimcha dars qilishga imkoniyatiga ega bo'ldik.”
“Bunday xonadonda yashashning yana bir katta afzalligi – bu oilaviy byudjetning taxminan 30-40 foizni elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlar bo‘yicha tejash imkoniyatidir”, - deydi Sharafat. “Yangi uy mening hayotimga olib kelgan uchta asosiy o'zgarishni aytib o’tmoqchiman, bular: barqaror va xavfsiz energiya, yaxshilangan hayot sifati va atrof-muhit bilan uyg'unlikda yashash hissi”,- deya qo'shimcha qiladi.
So’nggi ikki energiya inqirozi (elektr ta'minotidagi uzilishlar va qishki anomal sovuqlar) ularning hayotiga qanday ta'sir qilgani haqidagi savolga javob berar ekan, u qiziqarli voqeani aytib berdi: o’rnatilgan energiya tejamkor va kam uglerodli texnologiyalar tufayli bu inqirozlar ularning hayotlariga jiddiy ta'sir ko'rsatmagan. Energiya inqirozi avj olgan paytda ko'plab qo'shnilar ularga kelib, nima uchun va qanday qilib elektr toki o'chib qolganda bir tarzda ularda elektr uzilmasligi va nega xonadon isitilmasa ham, harorat 15 darajadan yuqori ekanligini surishtirishgan.
“Energiya inqirozi tugaganidan keyin ham koʻplab qoʻshnilar energiya sohasida mustaqil boʻlish uchun quyosh panellarini oʻrnatishga katta qiziqish bildirishmoqda”, - deydi Sharafat. “Va ularni bu borada tushunsa bo’ladi”,- deb qo’shimcha qiladi u.
“Pirovardida pul yig‘ib, o‘z biznesimni, modalar studiyasini ochdim. Hozir men bilan yana ikki ayol ishlaydi”, - deydi Sharafat.
U biznesini yanada rivojlantirib, ishsiz ayollar uchun ko‘proq ish o‘rinlari yaratish niyatida. Sharafat mamlakatning barqaror va iqtisodiy rivojlanishiga kichik bo’lsa-da, o‘z hissasini qo‘shish imkoniyatidan xursand.
"Yangi uy mening hayotimga olib kelgan uchta asosiy o'zgarishni aytib o’tmoqchiman, bular: barqaror va xavfsiz energiya, yaxshilangan hayot sifati va atrof-muhit bilan uyg'unlikda yashash hissi"Sharafat Upayeva