Agrometeorologik byulleten
Agrometeorologik byulleten
19-October, 2023
Iqlim bilan bog'liq ma'lumotlar fermerlarning iqlim o'zgarishiga moslashish borasidagi qaror qabul qilishlarida asosiy omil hisoblanadi. Iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda qishloq xo’jaligi masalalari bo'yicha o’z vaqtida va amaliy maslahatlarning yo’q ekanligi resurslar va hosilning sezilarli darajada yo'qotilishiga olib keladi, bu esa qishloq xo'jaligiga kiritiladigan investitsiyalarni foydasiz bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Aholining iqlim o’zgarishiga zaif hisoblangan guruhlariga tegishli ma'lumotlarni taqdim etish xizmatlari ularning iqlim bilan bog’liq xavflarga barqarorligini oshirishning bir usuli hisoblanadi. Shu sababli, Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida BMTTD va O‘zgidromet bilan hamkorlikda erta ogohlantirish mexanizmining bir qismi sifatida va fermerlarga qaror qabul qilishda yordam beruvchi amaliy vosita sifatida oylik agrometeorologik byulleten nashr etildi.
Birinchi nashrda dala izlanishlari, Oʻzgidromet kuzatuvlari va sunʼiy yoʻldosh suratlaridan olingan ma’lumotlar asosida 2023-yilning iyul-avgust davri uchun tavsiyalarni olish mumkin.