BMTTD va Ekologiya vazirligi O‘zbekistonning barqaror rivojlanishi uchun ekotizimlarni tiklash va saqlash bo‘yicha yangi loyihani jamoatchilik muhokamasiga taqdim etdi

7-June, 2024
Surat: BMTTD O'zbekiston

Toshkent, O‘zbekiston, 2024 yil 6 iyun – O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) va Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) bilan hamkorlikda Global ekologik fond (GEF) tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan yangi qo‘shma loyihani ishlab chiqish doirasida validatsiya seminarini o‘tkazmoqda. 

Ushbu loyiha O‘zbekistonning tabiiy ekotizimlarini tiklash va barqaror boshqarishga qaratilgan. “O‘zbekistonda o‘ta muhim landshaftlarni muhofaza qilish va tiklashni samarali kompleks boshqarish” deb nomlangan loyiha ekotizimlarning emirilishi, idoralararo muvofiqlashtirish, tiklash va bioahamiyatlilikni saqlash bo‘yicha faoliyatni moliyalashtirish bilan bog‘liq ko‘payib borayotgan muammolarga echim berishga qaratilgan. 

Loyihaning strategiyasi harakatlarni muvofiqlashtirish, tarmoqlararo hamkorlik va innovatsion moliyalashtirish va texnologiyalar yondashuvlariga asoslangan bo‘lib, ekotizimlarni landshaft darajasida tiklash va barqaror boshqarishga yo‘naltirilgan. 

Loyiha taklifini tayyorlash doirasida, 2024 yil 6 iyunь kuni Toshkentda, har yili 5 iyun kuni nishonlanadigan Butunjahon atrof-muhit kuni munosabati bilan loyiha strategiyasi va uning asosiy elementlarini validatsiya qilish seminari o‘tkazilmoqda. Tadbirning asosiy maqsadi loyihaning asosiy komponentlarini milliy manfaatdor tomonlar va hamkorlar bilan muhokama qilishdir.

Seminarda milliy va xalqaro manfaatdor tomonlar ishtirok etishi kutilmoqda, bu esa olib borilgan maslahatlarni yakunlash va ushbu loyiha O‘zbekistonning tabiatni muhofaza qilish sektori rivojlanishi uchun yaratadigan imkoniyatlarni muhokama qilish imkonini beradi. Loyiha GEF tomonidan joriy yil oxirida ma’qullanishi kutilmoqda. 

O‘zbekistonning ekotizimlarini saqlash bo‘yicha kuchlarni birlashtirishni targ‘ib qilib, loyiha tabiiy resurslarni boshqarish va kelajak avlodlar uchun barqaror rivojlanishni ta’minlashga genderga hassos yondashuvni integratsiyalaydi.