Rejaning bir qismi bo‘l: O‘zbekiston Butunjahon biologik xilma-xillik kunini Kunming-Monreal global biologik xilma-xillikni saqlash bo’yicha dasturi homiyligida nishonlamoqa
23-May, 2024
2024-yil 22-may kuni Toshkent shahridagi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlarini o‘rganish universitetida (Green University) Butunjahon bioxilma-xillik kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi Taraqqiyot dasturi tomonidan “Global hadli dastur – erta harakatlarni qo‘llab-quvvatlash” qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilgan.
Qayd etish joizki, “Bioxilma-xillik bo‘yicha Kunming-Monreal global dasturi” (GBF) 2022-yilning 19-dekabr kuni 190 mamlakat tomonidan qabul qilingan. Ushbu tarixiy dastur 2050-yilga kelib tabiat bilan uyg‘unlikda yashaydigan dunyo global konsepsiyasimaqsadlariga erishish yo‘lini belgilaydi. Dastur bioxilma-xillik bo‘yicha global harakatlar uchun mustahkam asos bo‘lib, Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij bitimini to‘ldiradi va 2050-yilga kelib iqlim o‘zgarishiga chidamli va va barqaror dunyoga yo‘l ochadi.
Tadbir doirasida rassomlar tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.