Uy-joy mulkdorlarining energiya tejamkorligi va kam uglerodli uy-joy haqida xabardorligi va uning afzalliklari bo'yicha hisobot
Uy-joy mulkdorlarining energiya tejamkorligi va kam uglerodli uy-joy haqida xabardorligi va uning afzalliklari bo'yicha hisobot
11-May, 2024
Ushbu hisobot uy-joy mulkdorlarining energiya tejamkor va kam uglerodli turar-joy binolari haqidagi tushunchalari, shuningdek, bunday uylarning energiya harajatlarini kamaytirish, issiqxona gazlari chiqindilarini qisqartirish va turmush sifatini yaxshilashdagi ahamiyati haqida xabardorligini o’rganish maqsadida o’tkazilgan tadqiqot natijalarini taqdim etadi. Hisobotda uy-joy mulkdorlari orasida o’tkazilgan so’rovnoma orqali olingan ma’lumotlar tahlili, hamda ma’lumotni tarqatish va maqsadli auditoriya orasida ushbu mavzuga qiziqishni oshirish bo’yicha tavsiyalar keltirilgan.
Tadqiqotning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
Maishiy energiya iste’moli joriy holatini o’rganish;
Qurilish va kundalik hayotda energiya tejamkor va kam uglerodli texnologiyalar haqida aholining xabardorlik darajasini baholash;
Energiya samarador va kam uglerodli uy-joy bo’yicha erkaklar va ayollar orasidagi xabardorlikdagi farqlarni o’rganish;
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatga ta’siri haqida erkaklar va ayollarning tushunchalarini tahlil qilish;
Qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalaridan keng ko’lamda foydalanishga, masalaning moliyaviy jihatlari va davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishini inobatga olgan holda, ta’sir etuvchi omillarni o’rganish;
Ta’lim muassasalarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha o‘quv dasturlarini kiritish zaruriyatini aniqlash.