Shu kunlarda Qoraqalpogʻistonning Qanlikoʻl tumani fermerlari, tomorqa yer va issiqxonalar egalari, uydan chiqmagan holda, Telegramdagi guruh orqali axborot koʻmagini olishmoqda. Bunda ularga BMTning Oʻzbekistondagi Taraqqiyot dasturining texnik yordamida ochilgan Axborot-maslahat markazi mutaxassislari yordam bermoqda.
2018 yilda BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha doiraviy konvensiyasining Adaptatsion jamgʻarmasini moliyaviy koʻmagida, biz Oʻzgidromet bilan birgalikda mamlakatning shimoliy hududidagi fermerlar va dehqonlarga konsalting xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha uchta markazni ishga tushirgan edik. Ularda muntazam ravishda agro va suv tejamkorligi yoʻlida turli texnologiyalarni ishlatish, yerlar hosildorligi oshirish, hamda innovatsion agroishlab chiqarishni joriy qilish boʻyicha mahorat dasrlari va treninglar oʻtkazilmoqda. Ish mamlakatda koronavirus infeksiyasi tufayli joriy etilgan oʻz-oʻzini saqlash kunlarida ham davom etmoqda.
- Biz hatto karantin kunlarida ham xizmatlarimizga shunday katta talab boʻlishini kutmagandik. Masalan, Qanlikoʻl tumani fermerlari talabi bilan Telegramda guruh ochdik. 87 nafar eng faol obunachilar orasida fermer xoʻjaliklari rahbarlari va tomorqa yer egalari, koʻngillilar va agrosektordagi yangiliklarga qiziqish bildirayotganlar bor. Biz doimo ularni qiziqtirgan masalalar boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazib turibmiz – deydi Sobit Sodiqov, Qoraqalpogʻistonning Qanlikoʻl tumanidagi axborot-maslahat markazi rahbari.
Tegishli qoʻllanmalar va orgtexnikadan tashqari markazlarga tuproqning kimyoviy unsurlari toʻplanmasini, oʻgʻitlar solishning optimal tarkibi va rejimini aniqlash uchun turli xil qurilma va uskunalar taqdim etilgan.
- Auditoriyamizning turli xil savollariga javob bera turib, qisqa vaqt ichida biz qator mahorat darslarini oʻtkazishga muvaffaq boʻldik va ularda turli xil tushunarli shakllarda ish jarayonlarini namoyish qildik. Hozirgacha 623ta fotorasm, 155ta video-rolik taqdim etilgan, 55ta axborot hujjatlari va oʻnlab audiomaʼlumotlar tayyorlangan. Biz turli sohalar mutaxassislari boʻlmish guruh ishtirokchilaridan ham koʻp narsalarni oʻrganmoqdamiz. Ularning baʼzilari yaqindagina oʻzlarining shaxsiy issiqxonalar va tomorqa yer egalariga aylangach yangi ixtisosliklarga ega boʻlishdi. Aniq ish rejamiz bor, ammo koʻplab hollarda jadvaldan chiqib ketishga toʻgʻri kelmoqda, chunki savollar va vazifalar borgan sari koʻpaymoqda va shuning uchun bilimga asoslangan toʻlaqonli yechimni topish uchun koʻp vaqt ketmoqda, - deydi mulohazalarini bildirar ekan Sobit Sodiqov.
Guruhda eng koʻp muhokama qilinayotgan masalalar:
- shoʻrlangan tuproqlarda deqonchilik yuritish sirlari;
- issiqxonalarda ishlash texnologiyasi;
- tomchilatib sugʻorish texnologiyasi afzalliklari;
- iqlim oʻzgarishi oqibatlari va suv resurslarini tejash usullari;
- xoʻjalikda qaydlarni, moliyaviy, soliq hisob-kitobni olib borish, qishloq xoʻjaligi tarmogʻida aqdim etilayotgan imtiyozlar;
- qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun shartnomalarni tuzish boʻyicha huquqiy maslahatlar va koʻplab boshqalar;
Markaz jamoasi agronom, muhandis, iqtisodchi, buxgalter va huquqshunos kabi mutaxassislardan iborat. Ba’zi hollarda tuproqshunoslik sohasidagi ekspertlarga, hamda shoʻrlangan tuproqdagi ishlash mobaynida turli xil yondashuvlarni amaliyotda qoʻllagan va shimoliy hududning murakkab iqlim sharoitlarida ularni muvaffaqiyat bilan qoʻllayotganlarga murojaat qilishga toʻgʻri keladi.
Markaz tuproqning haroratini oʻlchash va bir metr chuqurlikkacha boʻlgan suv zahiralarini oʻlchash imkonini beradigan mobil sensorlar bilan taʼminlangan. Undan tashqari, yaqindan beri, uning ishida oʻlchash maʼlumotlariga tuproqning shoʻrhokligi taʼsirini kamaytiruvchi innovatsion texnologiya ishlatilmoqda. Kelgusida, qishloq xoʻjaligi tarmogʻi ishidagi yangi texnologiyalar va yondashuvlarga mahalliy aholining talab va hohishlarini oshib borishini inobatga olib, koʻrsatilinayotgan xizmatlar koʻlamini kengaytirish kutilmoqda.