"Yashil Makon" tashabbusini barqaror o‘sish maqsadida ilgari surish uchun hamkorlar birlashdilar
11-September, 2024
Toshkent, 2024-yil 11-sentyabr — Bugun O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMT Taraqqiyot Dasturi), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi (YIK) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha agentligi (UNHCR) Yashil Makon tashabbusini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun bosh rejalashtirish va innovatsion moliyaviy yechimlar bo‘yicha yangi qo‘shma loyihani ishga tushirish uchun kuchlarini birlashtirdi.
Tadbirda O‘zbekiston hukumati tomonidan ilgari surilgan “Yashil Makon” tashabbusi orqali barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan loyihaning strategik yo‘nalishi va kutilayotgan natijalarini muhokama qilish uchun manfaatdor tomonlar yig‘ildi. Ushbu tashabbus ekologik va ijtimoiy yondashuvlardan foydalangan holda mamlakat atrof-muhitini o‘zgartirishga intiladi. Loyiha “Yashil Makon”ning kompleks bosh rejasini ishlab chiqish, innovatsion moliyaviy yechimlarni joriy etish, Surxondaryo viloyatidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi va vaqtincha Termiz hududida yashoyotgan Afg‘oniston fuqarolari uchun yangi daromad manbalarini yaratishga qaratilgan.
Tadbir davomida ishtirokchilarga loyihaning maqsadlari, asosiy tarkibiy qismlari va amalga oshirish muddatlari haqida ma’lumot berildi. Muhokamalarda O‘zbekiston hukumati, BMT Taraqqiyot dasturi, BMT YIK, BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi va boshqa muhim hamkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, kelajakdagi hamkorlik uchun zamin yaratish muhimligini ta’kidlandi. Ishtirokchilar, shuningdek, loyihaning keyingi bosqichlarini belgilab berdilar, bosqichlar va kutilayotgan natijalar bilan aniq rejalarni taqdim etdilar.
“Yashil Makon” tashabbusi shunchaki ko‘kalamzorlashtirish loyihasi emas; bu O‘zbekistonda har bir inson uchun barqaror kelajak qurish yo‘lidagi hal qiluvchi qadamdir. Mamlakatimizning ekologiyasiga ham, iqtisodiyotiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan ushbu muhim tashabbusni amalga oshirishda BMT Taraqqiyot Dasturi, YIK, BMT QKK kabi xalqaro hamkorlarning amaliy ko‘mak berayotganliklaridan mamnunmiz”,— dedi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri janob Aziz Abduhakimov
Akiko Fujii xonim, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi Doimiy vakilasi barqaror natijalarga erishishda sheriklik muhimligini ta’kidladi:
“Ko‘lamli o‘rmonlar barpo etish orqali degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash orqali biz nafaqat ekotizimlarni jonlantiramiz, balki mahalliy hamjamiyatlar uchun barqaror turmush sharoitini yaratamiz. Ushbu tashabbus atrof-muhitning chidamliligi va kambag‘allikni qisqartirish sari yo‘l bo‘lib, odamlarga gullab-yashnashi uchun zarur bo‘lgan vositalarni taqdim etadi”.
“Atrof-muhitni boshqarish BMT dasturlashning barcha bosqichlarida ustuvor ahamiyatga ega. Biz global miqyosda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni barqaror boshqarishga hissa qo‘shishga intilamiz va O‘zbekiston bunga misoldir. Ushbu loyiha ko‘chirilganlarning o‘ziga ishonchi va iqtisodiy qo‘shilishini kuchaytiradi va ularning iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatishda mezbon jamoalarga qo‘shgan hissasini ko‘rsatadi”,deb ta’kidladi Dumitru Lipkanu, BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili.
Loyiha uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlash va "Yashil Makon" tashabbusi bilan tartibga solish uchun innovatsion yondashuvlardan foydalanadi. Surxondaryo viloyatida o‘rmon ekish uchun tajriba maydonlari, ko‘kalamzorlashtirilgan hududlarni tiklash uchun asos bo‘ladigan ko‘chatzorlar barpo etish uchun maydonlar taqdim etildi. Loyiha Surxondaryo viloyatidagi kam ta’minlangan aholini Yashil Makon tashabbusiga jalb qiladi va ularning iqlim ta’sirini yumshatish harakatlariga qo‘shgan hissasini moliyaviy rag‘batlantirishni rejalagan. Tadbir davomida, ishtirokchilar Yashil Makon dasturini amalga oshirish uchun qo‘shimcha resurslarni jalb qilish uchun uglerod krediti savdosi imkoniyatlarini o‘rganishdi.