Diqqat: tanlovda ishtirok etish uchun arizalar topshirish muddati 25 iyungacha uzaytirildi!
Yosh qishloq xo'jaligi va suv xo'jaligi muhandislari orasida tanlov e'lon qilamiz
25-March, 2024
Qishloq xo‘jaligi, muhandislik va sug‘orish sohalaridagi oliy o‘quv yurtlari talabalari va bitiruvchilarini qishloq xo‘jaligi va sug‘orish jarayonlarida muammolarni hal etish va takomillashtirishda yoshlarning innovatsion va kreativ yondashuvlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan "Smart Agriculture" yosh qishloq xo'jaligi va suv xo'jaligi muhandislari tanlovida ishtirok etishga taklif etamiz.
Tashkilotchilar:
- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
- Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi
- Islom Taraqqiyot Banki
Tanlov 2 (ikkita) yo’nalish bo‘yicha o‘tkaziladi:
- “Smart Agriculture” - Qishloq xo‘jaligini takomillashtirish bo‘yicha innovatsion loyiha
- “Smart Irrigation” - Suv xo'jaligini takomillashtirish bo‘yicha innovatsion loyiha
Har bir yo‘nalish g’oliblari noutbuk va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Tanlov maqsadlari:
Qishloq xo‘jaligi va sug‘orish jarayonlarida muammolarni hal etish va takomillashtirishda yoshlarning innovatsion va kreativ yondashuvlarini qo'llab-quvvatlash;
Qishloq xoʻjaligi, sugʻorish, barqaror xoʻjalik va qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning boshqa sohalariga oid kasbiy koʻnikmalarini shakllantirish imkoniyatini taʼminlash;
Yosh mutaxassislar va talabalarning sohada aloqalar o‘rnatishi hamda bilim va tajriba bo‘lishish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash;
Barqaror qishloq xoʻjaligi va sugʻorish tizimlarida suv kabi resurslardan ratsional foydalanishga yoʻnaltirilgan loyiha va gʻoyalarni ragʻbatlantirish;
Yosh mutaxassislar va talabalarni qishloq xo‘jaligiga jalb qilishni rag‘batlantirish, ularning ushbu muhim sohaga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash va karyera rivojini rag‘batlantirish;
Yosh mutaxassislar, talabalar, soha vakillari, ilmiy muassasalar, qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya jamoatchiligining boshqa a’zolari bilan sheriklikni yo‘lga qo‘yish;
Qishloq xo‘jaligining ahamiyati, tabiiy resurslardan barqaror foydalanish va bu sohada innovatsiyalar haqida xabardorlikni oshirish.
Tanlovda ishtirok etish uchun talablar:
- shaxsni tasdiqlovchi xujjat;
- talaba guvohnomasi/oliy ta’lim muassasasi diplomi/oʻqiyotganlik toʻg’risidagi ma’lumotnoma;
- O‘zbekiston Respublikasi hududini qamrab oluvchi loyihalar.
Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:
- Tanlov ishi amaliy yo‘naltirilgan loyiha bo‘lishi, uni amalga oshirish uchun mumkin bo‘lgan resurs ta’minoti, amalga oshirishning aniq mexanizmlari, erishilgan samarani nazorat qilish tavsifi aks ettirilishi kerak;
- O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyiha bo‘lishi;
- Tanlov ishida muallifning shaxsiy tadqiqoti natijalarining mavjudligi;
- Past uglerodli, suv tejamkor texnologiyalaridan foydalanishni nazarda tutuvchi innovatsion va ilg‘or yechimlardan foydalanganligi;
- Loyihaning yangiligi va ijtimoiy ahamiyati;
- Loyihani amalga oshirish imkoniyati;
- Loyiha mualliflik huquqiga rioya qilingan holda ishlab chiqilishi kerak.
Tanlov materiallarida reklama maʼlumotlari, shuningdek, Oʻzbekiston hududida tarqatilishi taqiqlangan yoki cheklangan maʼlumotlar boʻlmasligi kerak. Ushbu ma’lumotlarga ega arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Tanlovda loyihalari 2020-yil 1-yanvardan 2024-yil 25-maygacha ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi qishloq xo‘jaligi, muhandislik va sug‘orish yo‘nalishlari talabalari/bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Arizalar 2024-yil 25-may kuni soat 18:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) ushbu havola orqali qabul qilinadi: https://forms.gle/pXVygs7eziGUVmdq7. Ushbu havolaga QR-kod orqali ham kirishingiz mumkin:
DIQQAT: ishingizni Google shaklida yuklash uchun sizda Google akkaunti (gmail.com elektron pochta manzili) boʻlishi kerak.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun telegram manziliga yozing https://t.me/SmartAgricultureContest.
Mazkur tanlov O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va BMTTD tomonidan amalga oshirilayotgan hamda Islom taraqqiyot banki va OPEKning Xalqaro taraqqiyot jamg’armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” qo’shma loyihasining “Infratuzilmani boshqarishda muhandislik xizmatlari va salohiyatini oshirish” B komponenti doirasida o‘tkazilmoqda.