“Orolboʻyi hududining yaxshi himoyalanmagan hamjamiyatlaridagi iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligi muammolarni hal qilish uchun yoshlar va zaif aholining moslashuv salohiyatini mustahkamlash orqali ijodiy va innovatsion imkoniyatlarini rivojlantirish” Qoʻshma dasturi shu yilning boshida onlayn rejimda ishga tushirildi. BMT Taraqqiyot Dasturi, BMTning Aholishunoslik sohasidagi jamgʻarmasi (YuNFPA), BMTning Oziq – ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan hamkorlikda uni amalga oshirish bilan shugʻullanadilar. Dastur ikki yarim yilga moʻljallangan va 2023 yilgacha boʻlgan davrni qamrab oladi.
Qoʻshma dasturning maqsadi - qishloq xoʻjaligi unumdorligini oshirish va unga innovatsiyalarni joriy etish, maqbul infratuzilmaga ega boʻlgan “aqlli” va “raqamli” hamjamiyatlarni rivojlantirishdan iborat. U 14dan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar, ayollar, hamda orasida imkoniyati cheklangan insonlar boʻlgan yaxshi himoyalanmagan odamlar, ayollar boshqarayotgan oilalar, mehnat muhojirlari va boshqalarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga koʻmak berishi kutilmoqda. Umuman olganda, dastur doirasida Qoraqalpogʻistonning Moʻynoq, Bozatov va Qoʻngʻirod tumanlarining 183 200 nafar aholisi benefitsiar boʻlishadi.
BMTning Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik trast fondi Oʻzbekistondagi faoliyatini 2018 yilning 27 noyabr kuni BMTning Nyu Yorkdagi bosh qarorgohida oʻtkazilgan rasmiy marosimdan soʻng boshlagan. Oʻzbekiston Prezidenti 2019 yilning 8 yanvar kuni “Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligidagi Orolboʻyi hududi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik trast fondini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni tasdiqladi. Hujjat Fondni samarali faoliyat yuritishini taʼminlash uchun qulay institutsional, huquqiy va moliyaviy muhitni yaratish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni nazarda tutadi.