BMT Taraqqiyot Dasturi, Yevropa Ittifoqi va O'zbekiston hukumati ayollarining qishloq xo'jaligida imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha forum o'tkazmoqda
11-October, 2023
Jahon qishloq xo'jaligi ishchi kuchining muhim qismini tashkil etuvchi qishloq ayollari, qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish, oziq-ovqat va uning xavfsizligida muhim rol o'ynaydi. Ammo shunga qaramay, ular butun dunyoda ham, O'zbekistonda ham bir qancha muammolarga duch kelmoqdalar, masalan, resurslardan foydalanishning cheklanganligi va qaror qabul qiluvchi organlarda kam vakolatlilik, bu esa mavjud gender tengsizligi tufayli iqlim o'zgarishining nomutanosib oqibatlari bilan kuchaymoqda. BMT Taraqqiyot dasturi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Qishloq xo'jaligi Vazirligi, Xotin-qizlar qo'mitasi, Agrar xotin-qizlar assotsiatsiyasi bilan birgalikda tashkil etilgan va Yevropa Ittifoqi tomonidan "EU-AGRIN" loyihasi doirasida moliyalashtiriladigan ushbu forum Markaziy Osiyo va Turkiyadan 140 ga yaqin ishtirokchilarni jalb qiladi.
Forum qishloq xo'jaligida ayollarning imkoniyatlarini oshirish, ayollar uchun agrobiznesni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish; ekinlarning bioekologik xilma-xilligini o'rganish va oziq-ovqat ishlab chiqarishda raqamli texnologiyalarni qo'llash; qishloq xo'jaligi mahsulotlari, dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va birlamchi qayta ishlashda innovatsion yondashuvlar; barqaror rivojlantirish va iqlim o'zgarishiga moslashtirish, shu jumladan yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish kabi keng ko'lamli mavzular bo'yicha ochiq munozara uchun platforma bo'lib xizmat qiladi.
Tashkilotchilar qishloq xo'jaligi sohasida ayollarning roli va motivatsiyasini oshirishga va birgalikda harakat qilish va tajriba almashish orqali agrosektorda ayollarning salohiyatini oshirish orqali ularning integratsiyasini rivojlantirishga intilishadi. Tadbirda O'zbekiston ayollarining qishloq xo'jaligiga qo'shgan hissalarini aks ettiruvchi hujjatli film va iqlim o'zgarishi muammolariga moslashib, ularni hal qilib kelayotgan qishloq ayollarining ilhomlantiruvchi hikoyalarini o'z ichiga olgan raqamli kitob taqdimoti ham bo'lib o'tdi.
BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili v.b. Anas Fayyad Qarman o'zining nutqida qishloq ayollarining butun dunyo bo'ylab qishloq xo'jaligidagi muhim rolini takidlab o’tdi va O'zbekiston hukumatining qishloq xo'jaligi sohasida gender tengligini targ'ib qilish borasidagi sa'y-harakatlarini yuqori baholadi: "Ayollar har doim bizning jamiyatimizning asosi bo'lib kelgan, ayniqsa qishloq xo'jaligi sohasida. Ayollar O'zbekistondagi qishloq xo'jaligi ishchi kuchining 40% dan ortig'ini tashkil etib, oziq-ovqat xavfsizligi, iqlim barqarorligida muhim rol o'ynaydi. Qishloq ayollarini qishloq xo'jaligi faoliyatida yuksaltirish orqali biz nafaqat gender tengligi sari qadam tashlamoqdamiz, balki oziq - ovqat xavfsizligiga ham sarmoya kiritmoqdamiz", deya qo'shimcha qilib, qishloq ayollari duch keladigan muammolarni samarali hal qilish uchun jamoaviy imkoniyatlarni kengaytirish, bilim almashish va hamkorlik zarurligini ta'kidlab o’tdi.
Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi elchisi o'rinbosari Mindaugas Kacherauskis ta'lim, yer, moliya va texnologiya kabi aktivlardan foydalanish va nazorat qilish orqali qishloq xo'jaligida ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishga chaqirdi. Chunki bu ularning mahsuldorligini, daromadlarini va qaror qabul qilish qobiliyatini oshiradi, shuningdek, gender tengligi va ijtimoiy adolatni rag'batlantiradi. Foyda avlodlarga tarqaladi va kelajakda yaxshi natijalar ko’rsatadi.
BMT Taraqqiyot Dasturi O'zbekiston hukumatiga ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish va qishloq xo'jaligida innovatsiyalar orqali "yashil" va adolatli o'tishni ta'minlash borasidagi sa'y-harakatlarida zarur yordam ko'rsatishda davom etadi.