BMTTD va Finlyandiya O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash harakatlarini qo’llab-quvvatlaydi
23-February, 2023
Bugun BMTTD va Adliya vazirligi “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihani muhokama qilish va ishga tushirish maqsadida yig‘ilishdi. Bu loyiha Finlyandiya hukumatining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda. Yig‘ilishda mamlakatlar o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash uchun O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Finlyandiyaning Markaziy Osiyodagi (O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston) elchisi Janob Ilkka Raisanen hamda Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi vakili ham ishtirok etishdi.
Loyiha barcha aholisi uchun adolatdan samarali foydalanish va inson huquqlari ishonchli himoyasini ta’minlashga qaratilgan. Loyihadan kutilayotgan asosiy natija mamlakatda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlashdir. BMTTD Adliya vazirligi, Ombudsman idorasi va fuqarolik jamiyati bilan quyidagi maqsadlarga erishish uchun yaqindan hamkorlik qiladi:
- bepul yuridik yordam xizmatlarini kengaytirish orqali odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash. Bu ilg‘or xalqaro tajribalar asosida yangi tahrirdagi “Bepul yuridik yordam to‘g‘risida”gi qonunni takomillashtirishni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, bepul yuridik yordam ko'rsatuvchi provayderlarning salohiyatini oshirishni nazarda tutadi, shuningdek
- inson huquqlarini samarali rag'batlantirish va himoya qilishni ta'minlash. Bu Ombudsman apparati, shuningdek, fuqarolik jamiyati tashkilotlarining, hech kimni ortda qoldirmasdan, barcha uchun inklyuziv adolat va inson huquqlaridan foydalanish imkoniyatini samarali samarali targ'ib qilish uchun salohiyatini kuchaytirishni o‘z ichiga oladi.
Yig‘ilishda BMTTDining O‘zbekistondagi Doimiy vakili Matilda Dimovska xonim quyidagilarni ta’kidladi:
“Qonun ustuvorligini ta’minlash sohasida sezilarli yutuqlarga erishilganligi bilan bir qatorda, mazkur sohani yanada mustahkamlash va inson huquqlarini himoya qilishni ta’minlash uchun takomillashtirilishi shart bo'lgan ustuvor yo'nalishlar ham mavjud. Jumladan, bu odil sudlovga erishish, huquqiy savodxonlikni ta'minlash hamda malakali bepul yuridik yordam olish imkoniyatlarini aholining zaif qatlamlari, ayniqsa nogironligi bo'lgan shaxslar uchun yanada kengaytirishni o'z ichiga oladi.”
Uchrashuv davomida taraflar loyihaning quyidagi ustuvor vazifalarini muhokama qildilar:
- davlat tomonidan kafolatlangan bepul yuridik yordam tizimini yaratish
- moslashuvchan va hisobdor odil sudlov xizmatlarini ko'rsatish uchun bepul yuridik yordam ko'rsatuvchilarning salohiyatini oshirish
- Parij tamoyillariga muvofiq Ombudsman apparatining institutsional salohiyatini mustahkamlash va
- O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini ilgari surish va himoya qilish uchun fuqarolik jamiyati tashkilotlari salohiyatini oshirish va ularning imkoniyatlarini kengaytirish.
Loyiha o‘zining barcha faoliyatida hechkimni ortda qoldirmaslik tamoyiliga asosan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, ya’ni nogironligi bo’lgan shaxslar, ayollar va yoshlar manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yadi.