BMTTD va Moliya Vazirligi BRM-larini moliyalashtirishda o'zaro hamkorlikni kengaytirishmoqda
4-November, 2022
3- noyabr 2022-yil, Samarqand. Samarqanddagi II O'zbekiston Iqtisodiy Forumning birinchi kunida biz barqaror rivojlanishni moliyalashtirish sohasida hamkorlik ko'lamini kengaytirish bo'yicha anglashuv memorandumini imzoladik.
BMTTD shu paytga qadar O'zbekistonda BRMga moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun moliyalashtirish strategiyalarini ishlab chiqish bo’yicha strategik sherikka aylanishga ulgurdi. Ushbu sohada olib borilayotgan hamkorlik natijalaridan baʼzilarini keltirib o’tamiz:
- 2021-yil iyul oyida O‘zbekiston Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishish uchun uch yil muddatga 235 million AQSh dollari miqdorida suveren obligatsiyalar chiqargan mintaqadagi birinchi va dunyoda ikkinchi davlat bo‘ldi. Bu mamlakatning BRMga erishish bo'yicha majburiyatlari doirasida xususiy sektor moliyasini safarbar etishda muhim qadam bo'lish barobarida, butun dunyo bo'ylab taraqqiyotni moliyalashtirish sohasidagi yirik qadam bo'ldi.
- BMTTD Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikda O‘zbekistonda yashil sukuk chiqarish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, jumladan, tegishli qonunchilik bazasini, institutsional va me’yoriy-huquqiy bazani ishlab chiqishda hukumatni qo‘llab-quvvatlamoqda.
- BMTTD O'zbekistonda milliy ustuvor rivojlanish vazifalarini va BRMlarni Integratsiyalashgan Milliy Moliya Dasturini yo'lga qo'yish orqali moliyalashtirishda yanada uyg'unlashgan yondashuvni oldinga surmoqda. Davlat moliyasi va xususiy moliyani milliy maqsadlar bilan uyg'unlashtirish va safarbar qilish uchun xususiy sektor, fuqarolik jamiyati va hukumat bo'ylab hamkorlik va muloqotni kuchaytirish uchun yaxlit yondashuvni yaratishga mo'ljallangan tizim. Tegishli Moliyalashtirish Strategiyasi puxta ishlab chiqildi. II Iqtisodiy forum arafasida milliy va xalqaro sarmoyadorlar ila ishlab chiqilgan Strategiya bo'yicha rejalarni muhokama qilish va taqdim qilish uchun moliyaviy muloqot o'tkazildi.
Matilda Dimovska BMTTDning O'zbekistondagi doimiy vakili o'zining II O'zbekiston Iqtisodiy Forumidagi bayonotida ta’kidlaganidek, “Mazkur anglashuv memorandumi doirasida BRMlar moliyalashtirishning yangi yo'llari quyidagilardir: BRMlari uchun soliq, sug'urta va risk-ehtimoliy xavf va xatarlarni moliyalashtirish va BRMlari tashabbuslari uchun qarz, shuningdek innovatsion moliyalashtirish vositalarini yo'lga qo'yish imkoniyatlarini o'rganish uchun jumladan “yashil obligatsiyalar”, BRMlari uchun xususiy moliyalashtirish imkoniyatlarini yaratish uchun uyg'unlashtirilgan moliya mexanizmlari”.
- BMTTD inklyuziv sug'urtani targ'ib qilish va sug'urtani O'zbekistonda rivojlanishni rejalashtirish va moliyalashtirishga integratsiya qilish uchun "sug'urta va xatarlarni moliyalashtirish" dasturini ishga tushirdi. Umuman olganda sug'urta risk vositalaridan foydalanish va sug'urta sanoati bilan himoyalashtirishni kengaytirish uchun va muhim sohalarda jumladan qishloq xo'jaligida uzoq muddatli moslashuvchanlikni yaratish uchun yonma yon ish olib borish.
Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishish uchun ichki resurslarni safarbar qilishni (IRSQ) oshirish maqsadida O‘zbekistonda “Barqaror rivojlanish maqsadlari uchun soliq” tashabbusi ham yo‘lga qo‘yilmoqda. Tashabbus soliqqa tortishni daromadlarni yig'ish vositasi, shuningdek, xatti-harakatlarni iqlim, madaniyat, atrof-muhit va jamiyat bilan bog'liq istalgan sohada yo'naltirish, shuningdek, yangi va barqaror o'sish strategiyalarini rag'batlantirish uchun siyosiy vosita sifatida ko'radi.
Hozirgacha erishilgan va amalga oshirilgan ishlardan foydalanish uchun BMTTD BRMlarni moliyalashtirish chegaralarini kengaytirish va 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga hissa qoʻshish boʻyicha ishlarni davom ettirishga tayyor.