BMTTD va “Zamin” jamg‘armasi o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
1-May, 2023
2023 yil 1-may kuni BMTTDning O’zbekistondagi Doimiy vakili Matilda Dimovska xonim va “Zamin” jamg‘armasi direktori Tamila Alieva xonim iqlim o‘zgarishiga oqibatlariga moslashish choralarini boshqarish, atrof-muhitni muhofaza qilish, biologik xilma-xillikni saqlash, tabiiy resurslarni boshqarish va qishloqlarni rivojlantirish sohalarida hamkorlikni yanada mustahkamlash va rasmiylashtirish maqsadida o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.
Tomonlar nafaqat siyosatga oid tavsiyalarni ishlab chiqish, balki atrof-muhitga ta'sirni baholash, innovatsion yondashuvlar va texnologiyalarni sinovdan o'tkazish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, jamoatchilikning atrof-muhitni barqaror muhofaza qilish bo’yicha xabardorligini oshirish kampaniyalarini, shu jumladan yoshlar uchun mo’ljallangan ekologik ta'limni kengaytirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohalarida ham hamkorlik qiladilar.
BMTTDning O'zbekistondagi doimiy vakili, Matilda Dimovska o'z nutqida quyidagilarni ta’kidladi:
“O’zaro hamkorligimiz O‘zbekistonning ekologik sektori sanoat, qishloq xo‘jaligi, infratuzilma va turizm sohalarida jadal rivojlanish bilan bog‘liq havo va suvning ifloslanishi, bioxilma-xillikning parchalanishi kabi keng ko‘lamli tahdidlarga duchor bo‘layotgan hozirgi murakkab davrda ayniqsa dolzarbdir. Hozir O‘zbekiston xalqini barqaror rivojlanish yo‘lida qo‘llab-quvvatlashda kuchlarimizni birlashtirishning ayni vaqti.”
Imzolangan Oʻzaro anglashuv memorandumi mamlakatni rivojlantirishning eng dolzarb vazifalari va BMTTD dasturining O‘zbekistondagi amaldagi ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq ishlab chiqiladigan qo‘shma ish rejasi uchun asos bo‘ladi.