Farg‘onada kichik transchegaraviy daryolarni boshqarish bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

29-March, 2024
Surat: BMTTD O'zbekiston

Transchegaraviy suv resurslarini samarali boshqarish Markaziy Osiyo davlatlarining rivojlanishi uchun juda muhimdir. Shu nuqtai nazardan, qirg‘oq davlatlari uchun Farg‘ona vodiysi alohida ahamiyatga ega. Iqlim o‘zgarishi, aholi sonining ko‘payishi va iqtisodiyot tarmoqlari tomonidan suv manbalariga oqimning pasayishi kuzatilgan tendensiyalarda suv va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun shoshilinch choralar ko‘rishni talab qiladi. 

Shu munosabat bilan, 26 mart kuni Farg‘onada BMTTD va Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti (IWMI) bilan hamkorlikda “Transchegaraviy suv hamkorligi: Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish bo‘yicha mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi vazifalarni aniqlash” mavzusi bo‘yicha seminar o‘tkazdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi bilan birgalikda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan "Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi va barqarorlik" loyihasi doirasida tashkil etildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston suv xo‘jaligi vazirligi, Qirg‘iziston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv resurslari xizmati, Qirg‘iziston Respublikasi milliy suv sherikligi ekspertlari, shuningdek, O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati agentligi va ikki mamlakatning tegishli mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha oliy o‘quv yurtlari vakillari ishtirok etdi.

 

Tadbirda Farg‘ona vodiysida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy manbalari va ayni payitda iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlariga zaif hisoblanadigan Sairdaryo havzasinig kichik transchegaraviy daryolarini, xususan Oqbura va Isfayramsoy daryolarini, boshqarish va suv resurlaridan foydalanishda mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha tahlil natijalari taqdim etildi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora tadbirlar mutaxassislar tomonidan muhokama qilindi.

 

Surat: BMTTD O'zbekiston
"Ushbu tadbir ikki mamlakat ilmiy jamoalari o‘rtasida tajriba almashish uchun maydonchaga aylandi, unda mutaxassislar transchegaraviy daryolarni boshqarishning dolzarb muammolarini yuzma-yuz muhokama qildilar. Konstruktiv muloqotning bir qismi sifatida mutaxassislar mavjud hamkorlikni keyingi bosqichga olib chiqish uchun qanday choralar ko‘rish kerakligini muhokama qildilar. Muhokamalar natijasida soha uchun mutaxassislarni tayyorlash tizimini takominlashtirish, mamlakatlar o‘rtasida axborot almashishni faollashtirish, gidropostlarni avtomatlashtirish, ma’lumotlar uchun ochiqlikni va mutaxassislar uchun koridorning ta’minlash kabi takliflar berildi. Ishtirokchilar manfaatdor tomonlarni, jumladan, xususiy kompaniyalarni, NNTlarni jalb qilish, shuningdek, ayollarning suvni boshqarish bo‘yicha qarorlar qabul qilishdagi rolini oshirish muhimligini ta’kidladilar",
— dedi IWMI milliy tadqiqotchisi Shavkat Kenjabayev.

Mutaxassislar havzani boshqarish bo‘yicha rejalashtirishda iqlim xavfini hisobga olish va bu borada mintaqaviy hamkorlikni oshirish kerak degan xulosaga kelishdi.

 

Muhokama davomida iqtisodiyot sektorlari uchun suv bilan bog‘liq iqlim xavflariga moslashish bo‘yicha yechimlari haqida so‘z yuritilganda, daryolardagi suvni va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tabiiy ofatlar xavfini muntazam ravishda sifatli va miqdoriy monitoring qilish, daryolar oqimining yuqori va pastki qismida doimiy ma’lumot almashishni, qirg‘oqlarni himoya qilish choralarini ko‘rishni va bundan tashqari kamroq suv iste’mol qiladigan ekinlarni yetishtirish, suv sarfini rejalashtirish, boshqarish va taqsimlash jarayonini avtomatlashtirish va raqamlashtirishdek takliflar kiritildi.