IQLIM O'ZGARISHI AYOLLARNING ZAIF TOIFALARIGA SALBIY TA'SIR KO'RSATISHI MUMKIN

12-October, 2022
Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Bugungi kunda ko'plab tadqiqotlar shuni ko'rsatadi, iqlim o'zgarishi ayollar va erkaklar salomatligiga nomutanosib ravishda bir xil ta'sir qilmaydi. Qishloq ayollari hayotini yaxshilash qashshoqlik va ochlikka qarshi kurashishda muhim ahamiyatga ega. Ayollarga erkaklar bilan bir xil imkoniyatlar berish orqali eng qashshoq hududlarda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini 2,5-4 foizga oshirishi va to'yib ovqatlanmaydiganlar sonini 12-17 foizga qisqartirishi mumkin. 

2022 yilda Xalqaro qishloq ayollari kuni “Qishloq ayollari hamma uchun yaxshi oziq-ovqat yetishtirishadi” mavzusida ushbu qahramonlarning dunyo oziq-ovqat tizimidagi mehnatini e’tirof etish va qishloq joylarida hamma uchun teng imkoniyatlar yaratish maqsadida nishonlanadi.

12-oktabr kuni BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi hamda Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) Namangan ayollari bilan birgalikda ushbu Xalqaro qishloq ayollari kunni nishonlamoqda. Yevropa Ittifoqining moliyaviy koʻmagida BMTTD va Oʻzgidromet qoʻshma “Markaziy Osiyoda iqlim oʻzgarishi va barqarorlik” loyihasi doirasida taskil etilgan iqlim siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda gender jihatlarini inobatga olish boʻyicha davra suhbatida mintaqadan 25 dan ortiq ayol va erkak mutaxassislar ishtirok etdi. 

Iqlim o'zgarish ayollarning eng zaif toifalariga - nogironlar, migrantlar, qariyalar va qishloq aholisiga ta'sir qiladi. BMTTD ushbu muammoni hal etish tarafdori bo'lib, iqlim siyosatiga gender jihatlarni  joriy qilish va barqarorligini ta'minlash bo'yicha so'rov natijalarini muhokama qilish va ilg'or xalqaro tajribani joriy etish maqsadida davra suhbatini tashkil qildi.  Tadbirning yana bir maqsadi gender-sezgir iqlim siyosati bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasini muhokama qilishdan iborat.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, iqlim o'zgarish odatda qishloq xo'jaligi, gidrometeorologiya xizmatlari, atrof-muhitni muhofaza qilish idoralari va boshqa shu kabi tabiiy resurslar bilan bogʻliq sohalarda ishlaydigan ayollarga ham, erkaklarga ham ta'sir qiladi. Biroq, uning gender jihatlariga ta'siri har xil  bilan namoyon bo'ladi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Ayollar erkaklarga qaraganda iqlim o'zgarishi ta'siriga nisbatan ko'proq himoyasiz. Bu, birinchi navbatda, butun dunyoda ayollar, erkaklardan farqli o'laroq, ularning iqlim o‘zgarishiga moslashish qobiliyatini oshirishi mumkin boʻlgan yer, kredit, qishloq xo'jaligi resurslari, qaror qabul qilish tuzilmalari, texnologiya, ta’lim xizmatlari kabi resurslardan kamroq foydalanish imkoniyatiga ega. Ayollarning iqlim o'zgarishiga zaifligi bir qator ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy omillardan kelib chiqadi.

Zaifligiga qaramay, ayollarni nafaqat iqlim o'zgarishi qurbonlari, balki moslashish va yumshatish choralarining faol va samarali ishtirokchi va targ'ibotchilari sifatida ham ko'rish mumkin. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uzoq vaqt davomida ayollar suvni, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va me'yorlash, tabiiy resurslardan unumli foydalanish bilan bog'liq bilim va ko'nikmalarni tarixan shakllantirgan. Avloddan-avlodga o'tib kelayotgan bu bilim va tajriba mahalliy moslashish qobiliyatini oshirish va jamiyatning turmush tarzini saqlab qolishga samarali hissa qo'shishi mumkin. 

Avloddan-avlodga o'tadigan bu bilim va tajriba mahalliy moslashish qobiliyatini va jamiyat hayotini yaxshilashga samarali hissa qo'shishi mumkin.

Moslashuv tashabbuslari iqlim o‘zgarishining, xususan, suv ta’minoti, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi, energetika, sog‘liqni saqlash, tabiiy ofatlar va mojarolarning oldini olish kabi sohalarda gender ta’sirini aniqlashi va hal qilishi lozim. Iqlim o'zgarishiga moslashish bilan bog'liq muhim gender masalalari, jumladan, kredit, ta’lim olish va berish xizmatlari, axborot va texnologiyalarni o'z ichiga olgan resurslardan foydalanishdagi tengsizliklarni ham ko'rib chiqish kerak. Ayollarning ustuvorliklari va ehtiyojlari rivojlanishni rejalashtirish va moliyalashtirishda aks ettirilishi kerak. Ayollar iqlim o'zgarishi tashabbuslari uchun resurslarni ajratish uchun milliy va mahalliy darajada qaror qabul qilish jarayonlarida ishtirok etishlari kerak.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Shu munosabat bilan ishtirokchilar iqlim siyosatining tegishli tuzilmalarida ayollar ulushini oshirish va iqlim siyosatining gender sezgirligini baholash uchun gender ko‘rsatkichlarini joriy etish zarurligini ta’kidladilar. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar e’tiboriga gender-sezgir iqlim siyosati va gender ko‘rsatkichlari bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasi taqdim etildi. Ishtirokchilar bu loyiha boʻyicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar va iqlim o‘zgarishning natijasida zaif bolgan ayollarga ta’sirini yumshatish uchun ustuvor bo‘lishi kerak bo‘lgan ayrim jihatlar haqida fikr bildirdilar.

_______

Ma'lumot uchun: Kutilayotgan iqlim o‘zgarishi ko‘lamini va uning milliy daromad va bandlikka ta’sirini hisobga olsak, suv va qishloq xo‘jaligi sohalari mamlakatdagi eng zaif tarmoqlardan biri hisoblanadi. Ushbu muammolarni hal qilish uchun BMTTD O‘zgidromet bilan birgalikda Yevropa Ittifoqi ko‘magida “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi va barqarorlik” loyihasini amalga oshirmoqda. Loyiha Fargʻona vodiysi hamda Qirgʻiziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasining chegaradosh hududlarida barqarorlikni saqlash va iqlimga chidamli rivojlanishni taʼminlashga qaratilgan. BRM 13 doirasidagi loyihaning maqsadlaridan biri rivojlanayotgan mamlakatlarda iqlim oʻzgarishi sohasida samarali rejalashtirish va boshqarish boʻyicha salohiyatni oshirish mexanizmlarini ishlab chiqishga koʻmaklashish, bunda ayollar, yoshlar, mahalliy va marginallashgan jamoalarga alohida eʼtibor qaratishdan iborat.