Matbuot xizmatlari bugun qanday ishlashi kerak?

28-January, 2020

--- Image caption ---

Bugun Davlat xizmatlarining Chilonzor markazi binosida Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalari OAV va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha xodimlari uchun trening o‘z ishini boshladi. Trening Adliya vazirligi, Davlat xizmatlari agentligi, Yevropa Ittifoqi va BMT TD ning «O‘zbekistonning qishloq tumanlarida boshqaruv darajasini oshirish va davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish» mavzusidagi  hamkorlikdagi loyihasi tomonidan tashkillashtirilgan.

Treningning asosiy maqsadi – press xizmatlar ishini uyushtirishning zamonaviy usullarini muhokama qilish va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan o‘zaro samarali harakatlanishga tayyorlash.

Ikki kunlik trening samarali kommunikatsiya, press-relizlarni yozish, ijtimoiy tarmoqlarda ishlash va vizuallashtirish bo‘yicha sessiyalarni o‘z ichiga oladi. 

Treningning birinchi kunida Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasining press-kotibasi  Nargiza Alikulova raqamli kommunikatsiya sohasidagi yangi tendensiyalar, kommunikatsion strategiya nima uchun kerak va muhimligi hamda kommunikatsion faoliyatning qanday turlari mavjudligi to‘g‘risida so‘zlab berdi. 

Jurnalistika sohasidagi mutaxassislar Kirill Markevich va Xotam Abduraimov ham ishtirokchilar bilan press-relizlarni tayyorlashga yangi yondoshuvlar va usullar bilan o‘rtoqlashdilar, OAV bilan hamkorlikning zamonaviy tendensiyalari, shuningdek, press-xizmatlarning jamoatchilik fikrini shakllanishiga ta’siri  to‘g‘risida gapirib o‘tdilar.  Bundan tashqari, mutaxassislar interfaol shaklda tadbirlarga, ularni o‘tkazishga hamda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritishga tayyorgarlikning turli usullarini o‘rgandilar, har xil vaziyatlarga namunali reakitsya qilishni muhokama qildilar, ularning faoliyatlari bilan bog‘liq xorijiy misollar, amaliyot va tarixim voqealar bilan tanishdilar.

 

Kunning ikkinchi yarmi storitelling va ijtimoiy tarmoqlarda ishlashga bag‘ishlandi. O‘zbekistondagi BMT ning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha milliy maslahatchisi Anvar Melibaev  qiziqarli hikoyalarni savodli  yaratish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, hikoyalar xabar mazmunini suhbatdoshgacha etkazishda qanday yordamlashishi, ilhomlantirishi, o‘rgatishi va harakatga undashi to‘g‘risida so‘zladi.

Trening doirasida ijtimoiy tarmoqlar masalalari, xususan, nima uchun tashkilotning ijtimoiy tarmoqda bo‘lishi muhimligi,  ijtimoiy media-borliqda ishlashga  o‘tish uchun qanday yangi usullar, g‘oyalar va instrumentlarning  borligi ham ko‘tarildi. 

Treningning ikkinchi kuni vizuallashtirish mavzusiga bag‘ishlandi. Vizualizatsiya bo‘yicha sessiya  ishtirokchilarni vizuallashtirishning zamonaviy instrumentlaridan faolroq foydalanishga ilhomlantirishga yo‘naltiriladi. Trening ishtirokchilarida olingan usullar va malakalarni amaliyotda puxtalash,  shu bilan o‘zlarining axborotga ishlov berish va uzatish malakalarini kengaytirish hamda chuqurlashtirish  imkoniyati bo‘ladi.

Trening  yakuni bo‘yicha har bir ishtirokchi olingan yangi bilim va malakalaridan foydalangan holda o‘z media manbalariga joylashtirish uchun axborot materialini tayyorlashlari zarur bo‘ladi.