Toshkent, 2023-yil 5-iyun — Bu yil Oʻzbekistonda Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kunining asosiy eʼtibori havoning ifloslanishi va ozon qatlamini yemiruvchi kimyoviy moddalar bilan bogʻliq tadbirlarga qaratildi.
Oʻzbekistonda Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kunining 50 yilligi nishonlanmoqda
5-June, 2023
Bu yil Butunjahon atrof-muhit kunining 50 yilligi nishonlanadi, bu butun dunyo boʻylab atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha xabardorlikni va harakatni ragʻbatlantirishning noyob imkoniyatlaridan biriga aylangan. 1973 yildan beri har yili nishonlanib kelayotgan bu sana, Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM) bilan bog'liq ekologik taraqqiyotni ilgari surish uchun muhim platformaga aylandi. Dunyo bo’ylab yirik tashkilotlar, hukumatlar, jamoalar va taniqli shaxslar Butunjahon atrof-muhit kunini shu sohadagi yutuqlarni va mavjud muammolarni hal qilish uchun hamkorlik zarurligini namoyish qilish uchun nishonlaydilar.
Oʻzbekistonda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi hamda Bojxona qoʻmitasi vakillari bilan hamkorlikda ushbu sanaga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda, BMTning barcha davlatlari tomonidan ratifikatsiya qilingan ozon qatlamini yemiruvchi moddalarni boshqarish boʻyicha Monreal bayonnomasi boʻyicha Oʻzbekistonning xalqaro majburiyatlarini bajarishga hissa qoʻshgan eko-chempionlar mukofotlar bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimida bojxona va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari xodimlariga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit dasturi – Ozon kotibiyatining nufuzli medallari va Monreal protokoli sertifikatlari topshirildi.
Ozon qatlamini yemiruvchi salohiyatga ega boʻlgan kimyoviy moddalarni nazoratsiz isteʼmol qilishning oldini olish uchun sovitish va havoni konditsionerlash sohasidagi tartibga soluvchi institutlar va kompaniyalarning roli, davlat-xususiy hamkorlik borasida juda muhim.
BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska isteʼmol va ishlab chiqarishning barqaror usullari, resurslardan samarali foydalanish muhimligini taʼkidlab, bu jihatlar Barqaror rivojlanish maqsadlariga, shuningdek, atrof-muhit va iqlim maqsadlariga erishish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini aytib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov ushbu kunga bagʻishlangan rasmiy bayonotida hamkorlarni Monreal bayonnomasi mukofoti bilan tabriklab, uni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit dasturi – Ozon kotibiyatining yuksak eʼtirofi sifatida baholadi: “Yana bir bor Ekologiya vazirligidagi hamkasblarimizni va Bojxona qoʻmitasidagi hamkorlarimizni erishilgan muvaffaqiyat bilan tabriklayman va global isishga sabab boʻlayotgan ozon qatlamini yemiruvchi moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi kurash boʻyicha qatʼiy majburiyatlari uchun minnatdorchilik bildiraman. Umuman olganda, 5,5 tonnadan ortiq ozon qatlamini yemiruvchi moddalar (R-22), 608 dona ballon va olib qoʻyilgan jihozlar olib kirilishi to'xtatildi”.
BMT Taraqqiyot Dasturi Oʻzbekistonning ozon qatlamini yemiruvchi moddalar boʻyicha Monreal protokoli doirasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarish va ozon qatlamini yemiruvchi ayrim kimyoviy moddalarni bosqichma-bosqich yoʻq qilish orqali ozon qatlamini himoya qilish boʻyicha umumiy maqsadni bajarish borasidagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi.