2019 yil 7-11 oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Latviya Respublikasiga o‘quv-tanishish safari bo‘lib o‘tdi va unda xalqaro GLOBALG.A.P. standartini tatbiq qilish amaliyotini hamda oziq-ovqat mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi dvlatlariga yetkazib berish va sotish zanjilari bilan tanishdilar. Mazkur tanishuv safari BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish loyihasi va " GLOBAL G.A.P." Xalqaro standart Kotibiyati tomonidan tashkil etildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Eksportni rag’batlantirish agentligi, "O‘zstandart" agentligi, Toshkent davlat agrar universiteti mutaxassislari, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi agrofirma va korxonalar vakillari ishtirok etdilar.
Tashrifning asosiy maqsadi Latviyaning davlat organlari va xususiy kompaniyalar bilan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish masalalari bo‘yicha tajriba va ma’lumotlar almashish, Maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotining (Good Agricultural Practice) zamonaviy talablarini tatbiq qilish, «GLOBALG.A.P.» standartining asosiy tamoyillari va yer, suv va biologik manbalardan barqaror foydalanish masalasining tartiblari bilan tanishish, Latviya va Evropa Ittifoqining boshqa mamlakatlari bozoridagi meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy marketing kanallarini o‘rganish va shuningdek, umumiy olganda, meva va sabzavot bozorini rivojlantirish istiqbollari bilan bog‘liq boshqa masalalar yuzasidan munozaralar o‘tkazishdir.
Safar davomida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari qishloq xo‘jalik o‘quv va maslahat Markazi, Latviyaning oziq-ovqat va veterinariya xizmati, chegara nazorati Departamenti, tabiiy fanlar va texnologiya universiteti, oziq-ovqat xavfsizligi va atrof-muhitni himoya qilish instituti, GLOBALG.A.P. standartining sertifikatini olgan fermer xo‘jaligi, meva-sabzavot mahsulotlarining yirik logistika va taqsimlash markazlari bilan tanishdilar hamda Boltiqbo‘yi mamalakatlarida jami 800dan ortiq savdo do‘konlariga ega yetakchi «Rimi» va «Maxima» chakana savdo tarmoqlari bilan muzokaralar olib borildi.
"Besh kunlik o‘quv safari davomida biz Latviya Respublikasida qishloq xo‘jaligining rivojlanish bosqichlari, qishloq xo‘jaligida sertifikatlash va standartlashtirish tizimini yaratish, mamlakat iqtisodiyotining meva-sabzavot sektorida barqaror ishlab chiqarishni yaratish va sifatini oshirishga qaratilgan yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish bilan batafsil tanishish imkoniga ega bo‘ldik. Bundan tashqari biz hozir O‘zbekistonda vazirliklar, idoralar va GLOBALG.A.P. Kotibiyati bilan hamkorlikda ustida ishlanayotgan «UzG.A.P.” maqbul qishloq xo‘jalik amaliyotini tatbiq etish borasidagi ko‘plab savollarga javob olishga muvaffaq bo‘ldik”- dedi "O‘zstandart" agentligi boshqarma boshlig’i Asqarali Asqarov.
"Men uchun Latviyada fan va biznes o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni o‘rnatish tajribasini o‘rganish muhim lahzalardan biri bo‘ldi. U yerda hamkor loyihalar doirasida ishlab chiqarishda o‘zlashtirish uchun yangi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda va talabalar bevosita texnologik jarayonlar ustida ishlash orqali bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqdalar", dedi Aktam Azizov, Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti.
“Latviyaga uyushtirilgan o‘quv safari meva-sabzavot mahsulotlarining yetakchi import qiluvchilari bilan yaqin aloqalarni o‘rnatishda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi bozorlariga olib kirish shartlari, talab va tartiblarini belgilashga yordam berdi” – dedi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va Tashqi Savdo Vazirligining bo‘lim boshlig‘i Hikmatulla Parmonov.
Umuman olganda, o‘quv safari natijalariga ko‘ra delegatsiya a’zolari tomonidan Latviya Respublikasining tajribasidan kelib chiqib, O‘zbekistonda 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish milliy Strategiyasiga kiritish uchun sohaga oid islohotlar yuzasidan tavsiya va takliflarni ishlab chiqilishi kelishinib olindi.
Savdo rivojlanishi sohasiga oid BMTTDning faoliyati 2017—2021 yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi, shuningdek BMT aʼzo davlatlari tomonidan qabul qilingan Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq holda amalga oshirilmoqda.
***
BMTTDning “Savdo rivojlanishiga koʻmaklashish” loyihasi “Markaziy Osiyoda savdoni rivojlantirishga koʻmaklashish - Faza III” mintaqaviy loyihaning milliy komponenti boʻlib, aholi daromadlarini oshirish, ish oʻrinlari barpo etish va eksportni kengaytirishga qaratilgan.