Qoraqalpog'iston barqaror ekoturizmni kengaytirishga tayyorlanmoqda

BMTTD va YUNESKO birgalikda mahalliy mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha keng ko'lamli dasturni taklif qilishmoqda

13-August, 2021

Qoraqalpog'iston ekoturizm bilan qiziquvchilar uchun ulkan salohiyatga ega noyob tabiat o‘lkasidir. Unda tegishli infratuzilmani yaratish va xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish maqsadga muvofiq. Foto: Shipkova Yelena / Oʻtov.

NUKUS, O'ZBEKISTON, 2021 yil 12 -avgust - Ekoturizm asta-sekin ekologik va ijtimoiy muammolarni hal qilish, millionlab odamlarni qashshoqlikdan qutqarish va kelajak avlodlar uchun ekotizimlarni muhofaza qilishga ijobiy hissa qo'shish uchun ulkan salohiyatga ega bo'lgan global hodisaga aylanmoqda. Biroq, tegishli boshqaruv va tegishli sharoitlar bo'lmasa, turizmning jadal rivojlanishi tabiatga va uni himoya qilishga intilayotgan jamoalarga katta zarar yetkazishi mumkin.

Shu bilan birga, ekoturizmni rivojlanishda muvaffaqiyatga erishilsa, mamlakatlar va jamoalar o'z iqtisodiyotini atrof-muhitga zarar yetkazmasdan qurishga, mahalliy yovvoyi hayvonot dunyosini va uning tabiiy yashash muhitini asrash imkoniga ega bo'ladilar. BMT Jahon sayyohlik tashkilotining sharhida barqaror turizm "sayyohlar, sanoat, atrof-muhit va mezbon jamoalarning ehtiyojlarini qondirgan holda uning hozirgi va kelajakdagi iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik oqibatlarini to'liq hisobga olgan turizm" deb ta’riflanadi.

Ushbu sohada barqaror yo'nalishni belgilash, Qoraqalpog'istonning mahalliy iqtisodiy rivojlanishiga ko'maklashish maqsadida Birlashgan Millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturi (BMTTD), Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti (YUNESKO) va O'zbekiston turizm va sport vazirligi tomonidan yaqinda "Qoraqalpog'istonda barqaror ekologik va qishloq turizmini rivojlantirish" mavzusida qator treninglar tashkil etildi. Treningni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad - Qoraqalpogʻiston Respublikasi turizm va sport bosh boshqarmasi vakillari, tadbirkorlar, alohida qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar mutaxassislari, muzeylar xodimlari, turoperatorlar, mahalliy hamjamiyatlar va faollar va barqaror ekologik va qishloq turizmini rivojlantirish sohasidagi manfaatdor shaxslar salohiyatini mustahkamlash.

Rossiya Qishloq xoʻjaligi va ekoturizm Milliy uyushmasi prezidenti Ivanna Lebedeva qayd etganidek, dastur Orolbo'yi mintaqasining eng zaif jamoalaridagi ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni bartaraf etishni maqsad qilgan. “Bunda ekologik muammolarni majmuaviy yechimini joriy qilish, asosiy xizmatlardan foydalan olishga koʻmaklashish, aholining turmush darajasini oshirish va Qoraqalpogʻistonda barqfaror turizmni rivojlantirish orqali erishish kozda tutilgan” deydi u.

Trening koordinatori Lebedeva, shuningdek, ta’lim dasturi qishloq aholisining daromad olish  imkoniyatlarini kengaytirish va Qoraqalpog'istonda turizm sohasining inklyuziv barqaror o'sishini rag'batlantirish orqali, ayollar va yoshlar, shu jumladan, qishloq aholisining ijtimoiy farovonligini oshirishga yo'naltirilganligini ta’kidladi.

Rossiyadagi Qishloq tashabbuslarini rivojlantirish Agentligi direktori Svetlana Kopilova ham treningni tashkil etishda koʻmaklashdi. Uning so'zlariga ko'ra, ekspertlar atrof-muhit va qishloq turizmining raqobatbardosh mahsulotlarini yaratish bo'yicha tajriba va eng yaxshi amaliyotlarni almashishdi, bu esa qo'riqlanadigan tabiiy hududlar xodimlari va mahalliy jamoalarning bir-biri bilan muloqot qilish imkonini berdi. U o'quv dasturlarida daromad keltiradigan faoliyatga va qishloq aholisini turizmga qanday jalb qilishga alohida e'tibor qaratilayotganini ta'kidladi. "Trening davomida ishtirokchilar mahalliy jamoalarning turli manfaatdor tomonlari ishtirok etishi mumkin bo'lgan sayyohlik mahsulotlari va xizmatlari bo'yicha biznes takliflarini ishlab chiqdilar", dedi u.


Ma’lumot uchun

Tadbir BMTTD va YuNESKOning “Barqaror qishloq hududlarini rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash orqali Orolboʻyi mintaqasida inson xavfsizligining dolzarb muammolarini hal qilish” Qoʻshma dasturini amalga oshirish doirasida tashkil etilgan. Dastur BMTning Oʻzbekistondagi Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik trast fondi moliyaviy koʻmagida amalga oshirilmoqda.

Loyiha haqida batafsil: http://aral.mptf.uz/site/projects/page38.html

Aloqadagi shaxslar:

Muhayyo Mahmudova, YuNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasining madaniyat ishlari boʻyicha dasturiy mutaxassisi; tel.: (+99878) 1207116, 1207154, 1207155, el. pochta: m.makhmudova@unesco.org

Alisher Utemisov, Qoshma dastur rahbari, BMTTD Vakolatxonasi; tel: (+99878) 1203450, (+99893) 5012949, e-mail: alisher.utemisov@undp.org