Tabiiy resurslar vazirligi BMTTD, BMTQK, BMT EIK bilan birgalikda Surxondaryo viloyatida o'rmonlarni qayta tiklash bo'yicha chora-tadbirlar orqali gumanitar ehtiyojlarni qo'llab-quvvatlamoqda
16-March, 2023
Bugun Tabiat resurslari vazirligi BMTTD ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, BMT Qochqinlar bo‘yicha agentligi va BMT Yevropa Iqtisodiy komissiyasi bilan hamkorlikda mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shish maqsadida afg‘onistonliklar va o‘zbekistonliklarlarni jalb etgan holda bajarilyo`tgan “O‘zbekiston Respublikasi Yashil Makon tashabbusini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bosh rejalashtirish va innovatsion moliyaviy yechimlar” qo‘shma o’rmonlashtirish loyihasi natijalari bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
Loyiha Afgʻoniston bilan chegaradosh Surxondaryo viloyatidagi favqulodda gumanitar ehtiyojlarni Oʻzbekistondagi afgʻon qochqinlari va mezbon jamoalarning zaif qatlamlarini “mehnat uchun pul toʻlash” va boshqa toʻlov mexanizmlari orqali oʻrmonzorlar barpo etish ishlariga jalb etish orqali qanoatlantirishga qaratilgan. Bu changli bo‘ronlar, ularning aholi va iqtisodiyotga zararli ta’siri kabi dolzarb ekologik muammolarni hal etish bilan birga Surxondaryoda mahalliy jamoalarning barqarorligini oshirish imkonini beradi.
BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Hans Fridrix Shodderning aytishicha: “Iqlim o‘zgarishi hammaga, ham tub aholiga, ham ko‘chirilgan shaxslarga birdek ta’sir qiladi. Ekologik inqirozning ta'siri tobora kuchayib borayotgani sababli, biz jamoalarning moslashuvga nisbatan barqarorligini oshirish va salbiy ta'sirlarga qarshi kurashish uchun birgalikda harakat qilishimiz kerak. Bizning loyihamiz ko'chirilgan shaxslar va mezbon jamoalar o'zlari yashaydigan hududni himoya qilish va rivojlantirish uchun sa'y-harakatlarni birlashtirayotganlarining yorqin misolidir.”
BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili Matilda Dimovska, aytishicha, “Daraxtlar ekish, ularga qarash va parvarish qilish keng ko‘lamli inson resurslari va tizimli ilmiy tadqiqotlar o’tkazilishini talab qiladi. Biz O‘zbekiston hukumati va O‘zbekiston xalqining ekologik, moliyaviy va ijtimoiy omillarni hisobga olgan holda “Yashil Makon” tashabbusi muvaffaqiyati va barqarorligini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu tashabbus ko‘chat ekish bilangina cheklanmaydi, u ayni damda ish o‘rinlari yaratish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, uglerod chiqindilarini kamaytirish va umuman, nafaqat O‘zbekiston xalqi, balki qo‘shnilarimiz va barchamiz yashab kelayotgan butun sayyoramiz farovonligini oshirishga qaratilgan.”
Tashrif doirasida delegatlar mahalliy hokimliklar vakillari va boshqa hamkorlar bilan uchrashib, erishilgan natijalar va loyiha barqarorligini ta’minlash bo‘yicha yechimlarni muhokama qildilar, Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” turar-joy majmuasi atrofidagi yashil hududning ochilish marosimida ishtirok etdilar va Termiz tumanidagi o’rmonlashtirish maydonida bo‘ldilar. Tashrif mahalliy tadbirkorlar bilan “Yashil Makon” tashbbusi uchun innovatsion moliyalashtirish vositalarini qo‘llab-quvvatlash loyihasi doirasida tadbirkorlikka kirish nuqtalari, xususiy moliya va biznes modeli innovatsiyalari mavzularidagi qizg‘in muhokamalar bilan yakunlandi.
Bugungi kunga qadar qo‘shma loyiha tadbirlari natijasida Surxondaryo viloyatida (Termiz shahri, Termiz, Jarqo‘rg‘on va Sherobod tumanlarida) yangi tashkil etilgan 100 gektar yashil kamar, yashil bog‘ va yashil ijtimoiy bog‘larga ko‘chatlar ekildi. 2022 yil oxiriga kelib loyihaga 413 nafar afg‘on qochqinlari (113 nafar ayol, 300 nafar erkak) va mezbon jamoaning 194 nafar a’zosi (62 nafar ayol, 132 nafar erkak) jalb qilingan.
“O‘zbekiston Respublikasi Yashil Makon tashabbusini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bosh rejalashtirish va innovatsion moliyaviy yechimlar” loyihasi Tabiat resurslari vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi, BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi va BMT YEIK tomonidan ishga tushirilgan. Lyoihadan ko’zlangan maqsad iqlim o‘zgarishining salbiy ta’siriga qarshi kurashish va unga hissa qo‘shish va “Yangi O‘zbekiston 2022-2026 yillarda” rivojlantirish milliy strategiyasi vazifalariga muvofiq o‘rmonlarni tiklash bo‘yicha umumdavlat dasturini amalga oshirishga ko’maklashishdan iborat.