Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi yangi innovatsion yechimlar muhokama qilindi

23-May, 2019

2019 yil 14-15 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuraturasining O‘zbekistondagi BMT ning Taraqqiyot dasturi bilan birgalikdagi  “O‘zbekistonda samarali, hisobdor va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish” loyihasi hamda Osiyo-Tinch okeani mintaqalarida osoyishta va inklyuziv jamiyat manfaatlari yo‘lida korrupsiya bilan kurashish bo‘yicha BMT TD Istambul markazi va BMT TD Global proekti (ACPIS) ning ko‘magida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan uyushtirilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashishdagi innovatsiyalar” mavzusidagi Xalqaro mintaqaviy forum bo‘lib o‘tdi.   
Forumning asosiy maqsadi  – bu Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda boshqa mintaqalarda korrupsiyani oldini olish, aniqlash va tekshirishda innovatsiyalardan foydalanishning ilg‘or tajribalarini, BMT TD ning  #NextGenGov tashabbusi va BMT TD ning ilg‘or dasturi – Islohotlarni tezlashtirish laboratoriyasi (Accelerator Labs) bilan bog‘liq #NextGenAntiCorruption, antikorrupsion yechimlarning yangi avlodini tatbiq etish masalalari, shuningdek, texnologiyalar va innovatsiyalarni suiiste’mol qilishning, ulardan korrupsion jinoyatlarni sodir etishda shaxsiy manfaati uchun foydalanishning  oldini olishni o‘rganish va muhokama qilishdan iborat.

The cost of corruption equals more that 5% of global GDP, and over $1 trillion are paid in bribes every year globally.[1] In Europe and Central Asia one in three citizens think that corruption is a major problem facing their societies.[2]”, Ms. Spoljaric Egger marked in her welcome speech, and concluded “I trust that this Forum will be a useful and beneficial platform for all to share ideas about the future of Innovations in Anticorruption, and hope that Uzbekistan will be one of the leading examples of harnessing the power and potential of technologies to end corruption”.

Ma’lumki, yangi texnologiyalar va sun’iy intellekt  inson faoliyatining turmush tarzini va bir biri bilan o‘zaro harakatini o‘zgartiradi. Reallik, mobil va bulutli hisoblagichlar bilan to‘ldirilgan  sun’iy intellekt, Internet, blokcheyn, robototexnika bilan shakllantirilgan to‘rtinchi sanoat inqilobining boshlanishi kam xarajat bilan ko‘proq va yaxshiroq qilish imkonini beradi. Modomiki ko‘p hollarda hukumat   davlat sektorining tuzilmasini rivojlantirish va isloh qilishda texnologiyalarning qudratini idrok etishni boshlarkan hamda sekin-asta davlat boshqaruvining samaradorligi va natijaviyligini va davlat xizmatlari sifatini oshirish uchun yangi qarorlarni qabul qilishni boshlarkan, demak  bu davlat sektori uchun o‘ta dolzarbdir.  
Forum davomida ta’kidlanganidek, xususiy sektor – banklar,  mobil aloqa va sug‘urta kompaniyalarining operatorlari dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida innovatsiya sohasida sardorlik qilib keladi. SHu munosabat bilan davlar institutlari va jarayonlari yuzaga keluvchi tendensiyalar nuqtai nazarida rivojlanadi, bunda qonunlarning shaffofligi, hisobdorligi, ustuvorligi va fuqarolarning ishtiroki demokratik boshqaruvning asosiy dolzarb tamoyillari bo‘lib qoladi.

Tadbir davomida yangi texnologiyalar korrupsiyaning oldini olish va aniqlash uchun, xususan, davlat xaridlarida, mahalliy munitsipal xizmatlarda, davlat moliyasini boshqarishda, shaharni rejalashtirishda, tenderlarda, insoniy imkoniyatlar va auksionlarni boshqarishda foydalanilishi mumkin bo‘ladi. Bunda yangi innovatsion yechimlar davlat organlarining shaffofligi, hisobdorligi va bir butunligini ta’minlash uchun ulkan imkoniyatga ega ekanligiga qaramay, ular salbiy ta’sir ko‘rsatishi va yangi tahdidning paydo bo‘lishiga ko‘maklashishi mumkin.

Alohida  sessiyada bu imkoniyatlardan yangi texnologiyalarning afzalligini ochib berish, shaxsiy maqsadlarda foydalanish va salbiy oqibatlarning oldini olish, shuningdek,  adolatli, inklyuziv va barqaror raqamli jamiyat qurish uchun foydalanish muhokama qilindi.

Xalqaro ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurashishda innovatsiyalar va yangi texnologiyalar bilan yuzaga keluvchi ijobiy jihatlarni eng yuqori darajaga ko‘tarish va salbiylikni kamaytirish yoki bartaraf qilish uchun manfaatdor tomonlarning keng doirasini jalb etgan holda  hamkorlik qilish va bilim almashish zarur ekanini ta’kidladilar. 

BMT ning barqaror rivojlanish sohasidagi maqsadlari mamlakatlarga korrupsiya bilan kurashni o‘zlarining rivojlanish, osoyishtalik va xavfsizlik sohasidagi dasturlari bilan bog‘lashda yangi imkoniyatlar taqdim etadi. Antikorrupsion afzalliklar agar ular mamlakatlarning 2030 yilga kelib erishishga intilayotgan osoyishta, adolatli va inklyuziv jamiyat qurishga yo‘naltirilgan, tashabbuslarning boshqaruv institutlari va jarayonlarini, yaxlit olganda, oshirishga yo‘naltirilgan hiyla keng majmui bilan birlashtirmasa, cheklanganligicha qolaveradi. Shu sababga ko‘ra BMT TD ning korrupsiya bilan kurashish bo‘yicha olib borayotgan ishlari uning samarador, inklyuziv va hisobdor boshqarishga ko‘maklashish bo‘yicha ancha keng mandatining bir qismi hisoblanadi.

BMT TD loyihalari doirasida qator mamlakatlarda axborot platformalarining yaratilishi korrupsiya bilan kurashish organlariga axborot-targ‘ibot faoliyatini faollashtirish va jamoatchilikning ishtirok etishini kengaytirish imkonini berdi.
Korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga va barqaror rivojlanish sohasida Maqsadlarga erishish kontekstida davlat sektorlari doirasida hisobdorlik va oshkoralikni ta’minlashga yuqori e’tiborni inobatga olgancha tashkillashtirilgan forum BMT TD ning korrupsiya bilan kurashish bo‘yicha dasturiy strategiyasini amalga oshirishga ko‘maklashadi.
Forum doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xorijiy ekspertlar va davlat organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari o‘rtasida fikr almashinish uchun o‘ziga xos maydoncha yaratiladi.

Mintaqaviy forumda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi a’zolari, Bosh prokuraturaning vakillari, davlat organlarining rahbarlari va idoraga oid koordinatorlari, Biznes Ombudsmeni, Savdo-sanoat palatasi, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, shuningdek, davlat va nodavlat tashkilotlari, ilmiy doiralar, BMT TD ning Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan bo‘lgan tahliliy markazlari va vakolatxonalaridan innovatsiya sohasidagi sardorlari bo‘lmish 40 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etdilar, ular korrupsiyaga qarshi kurashish texnologiyalaridan foydalanishning ilg‘or namunalarini taqdim etdilar, shuningdek, bu texnologiyalarning salbiy oqibatlarini hamda shaxmiy maqsadlarda suiiste’mol qilishning oldini olish yuzasidan tajriba almashdilar.  

Mintaqaviy forum yakuni bo‘yicha kelgusida korrupsiyaga qarshi kurashishda innovatsion yechimlarni ilgari surish yuzasida tavsiyalar ishlab chiqiladi.

[1] https://www.oecd.org/cleangovbiz/49693613.pdf

[2] Global Corruption Barometer 2016.